14:48 / 17.11.2023
229

Srechko Katanes: “Eng yaxshi terma jamoalar ham bunday maydonda mag‘lubiyatga uchrashi mumkin”

Srechko Katanes: “Eng yaxshi terma jamoalar ham bunday maydonda mag‘lubiyatga uchrashi mumkin”

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 16 noyabr, payshanba kuni JCH—2026 saralashi doirasida Turkmanistonga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv O‘zbekistonning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Biz ushbu g‘alabaga loyiq edik. Yigitlarning o‘yinidan qoniqdim. Ular juda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Saralashning birinchi uchrashuvi bo‘lgani uchun ham bu biz uchun muhim edi. Agar biz g‘alaba qozonmaganimizda futbolchilar bosim ostida qolardi. Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdik.

Ketma-ket hujumlar natijasida g‘alaba qozondik. O‘tgan safargi matbuot anjumanida aytganimdek, bunday maydonda o‘ynash qiyinchilik tug‘diradi. Turkmaniston terma jamoasi ushbu maydonda o‘ynab, o‘rgangan. Bizni terma jamoa esa yilda bir marta bunday sun’iy maydonda o‘ynashiga to‘g‘ri keladi.

Eng yaxshi terma jamoalar ham bunday maydonda mag‘lubiyatga uchrashi mumkin.

Eronga qarshi o‘yingacha vaqt bor. Shogirdlarimni tayyorlashga ulguraman. Turkmanistonga qarshi bahsdan oldin to‘laqonli tayyorgarlik ko‘ra olmagandik. Shunday bo‘lsa-da, natija ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldik. Eronga keladigan bo‘lsak, ularda juda yaxshi jamoa shakllangan. Shu vaqtga qadar Eronga qarshi 3 ta o‘yin o‘tkazganman, bitta g‘alaba, bitta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etilgan. Eron terma jamoasiga qarshi qanday o‘ynash kerakligini bilaman", - dedi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi o‘yini 21 noyabr sanasiga belgilangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes: “Eng yaxshi terma jamoalar ham bunday maydonda mag‘lubiyatga uchrashi mumkin”