Srechko Katanes: "G‘alaba qozona olmaganimizda keyingi uchrashuvga qadar katta bosim bo‘lardi"
JCH-2026 2-saralash bosqichi Turkmaniston - O‘zbekiston (1:3) uchrashuvidan so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes va "Fatix Karagyumryuk" futbolchisi Otabek Shukurov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
- Biz g‘alabaga loyiq edik. Men yigitlarim namoyish etgan o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Bugungi uchrashuv biz uchun juda katta ahamiyatga ega edi. Agar bugun g‘alaba qozona olmaganimizda keyingi uchrashuvga qadar katta bosim bo‘lardi, deb o‘ylayman. Turkmaniston terma jamoasi bitta zarba berib hisobni ochdi. Natija meni qoniqtirdi.
- Nima sababdan g‘alaba qozondik? Biz Turkmaniston terma jamoasiga tinimsiz bosim qildik. Raqibga nisbatan ko‘proq hujum qildik. Mening jamoamning darajasi ham yaxshiroq. Maydon dahshatli holatda edi. Men bunday maydonda futbol o‘ynashni tasavvur qila olmayman. Turkmaniston terma jamoasi esa bunday maydonda har doim o‘ynaydi va ular uchun bu normal holat. Mening futbolchilarim esa sun’iy qoplamada bir yilda bir marotaba o‘ynashi mumkin. Sun’iy maydonda to‘p boshqacha harakatlanadi. O‘yin tezligi tushadi, to‘pning sapchishi ham boshqacha. O‘zbekistondan kuchli terma jamoalar ham bunday maydonlarda mag‘lub bo‘lishi mumkin. Sun’iy maydonda himoyaviy o‘yin namoyish etish ancha oson. JCH-2018 saralashida ham KHDRga sun’iy maydonda o‘ynab yutqazganmiz. JCH-2022 saralashida ham Falastinga mag‘lub bo‘lganmiz. Yana o‘sha sun’iy maydon bizga to‘sqinlik qilgandi. O‘yindan avval yigitlarga biz raqibdan kuchliroq ekanligimizni, ammo biz buni maydonda yana bir isbotlashimiz kerakligini aytgandim.
Otabek Shukurov: - G‘alaba qozonganimizdan xursandmiz. Bunday maydonda o‘ynash oson emas. Biz xarakter namoyish etdik. Bosh murabbiy aytib o‘tganlaridek, avvalgi saralash bosqichlarini mag‘lubiyat bilan boshlaganimizga aynan sun’iy maydon sababchi bo‘lgan. Bunday maydonda futbol o‘ynashning imkoni yo‘q. Bunga javobgar tashkilot, futbolchining sog‘ligini ham o‘ylashi kerak. Bu muhim uchrashuv edi va bunday muhim uchrashuvlarni tabiiy maydonda o‘tkazish kerak. Shunda haqiqiy futbol bo‘ladi.
- Biz tiklanib olishimiz kerak. Bunday holatda Eronga qarshi o‘ynay olmaymiz. Bizga vaqt kerak. Hali oldinda 5 kun bor. Turkmanistonga qarshi o‘yindan avval men mashg‘ulot o‘tkazmadim. Eron terma jamoasi juda tajribali, ammo Eronga qarshi qanday o‘ynash kerakligini bilaman. Eron terma jamoasi bilan uch marta to‘qnash kelganman va 1ta g‘alaba va 1ta durang qayd etganman.
- Bugun ikkita gol urdingiz. Gollaringizni kimga bag‘ishladingiz?
Otabek Shukurov: Golni dadamga bag‘ishlayman.
Srechko Katanes: - Men bugun xato qilibman. Otabek hujumda "devyatka" bo‘lib o‘ynashi kerak edi(kuladi).
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring