13:07 / 22.11.2023
390

O‘z jamoasining “kushandalari” aniqlandi

O‘z jamoasining “kushandalari” aniqlandi

Avtogollar – futbolchilar duch kelishi mumkin bo‘lgan eng noqulay vaziyat. O‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yin o‘yinchilarga ham, murabbiylarga ham, muxlislarga ham yoqmaydi.

Biroq bir necha marta o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan futbolchilar ham bor. Statistika ekspertlari Angliya Premer-ligasida eng ko‘p avtogol muallifi bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatini tuzdi.

Frenk Sinkler, Ues Braun, Rayan Shokross, Jonni Evans va Lyuis Dank (6 tadan avtogol)

Bular orasida ikki nafari hamon maydonda. Evans “Manchester Yunayted”da, Dank esa “Brayton”da to‘p tepyapti.

Martin Shkrtel (7 ta avtogol)

“Liverpul”ning slovakiyalik futbolchisi 2013-2014 yilgi mavsum davomida to‘rtta avtogol qayd etgan. Umumiy hisobda Martin etti marta o‘z jamoasini uyaltirib qo‘ygan.

Jeymi Karrager (7 ta avtogol)

“Liverpul” afsonasining statistikasi ajoyib. Karrager raqiblarga uchta gol urgan bo‘lsa, o‘z jamoasi darvozasiga ettita to‘p kiritib qo‘ygan.

Fil Yagelka (7 ta avtogol)

Fil Yagelka Angliya Premer-ligasidagi faoliyati davomida 376 ta o‘yinda qatnashgan.

Richard Dann (10 ta avtogol)

O‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol qilishda Dannga etadigani yo‘q. “Manchester Siti” va “Aston Villa” sharafini himoya qilgan futbolchi o‘z nomini tarixga avtogollar bilan muhrladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘z jamoasining “kushandalari” aniqlandi