14:36 / 22.11.2023
894

Sardor Azmun: "O‘zbekistonda eng katta orzularimdan biriga erishdim"

Sardor Azmun: "O‘zbekistonda eng katta orzularimdan biriga erishdim"

Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun JCH-2026 saralash bosqichi doirasida O‘zbekistonga qarshi o‘yindan keyin o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

28 yoshli futbolchi mazkur bahsda terma jamoasini sardorlik bog‘ichi ostida maydonga boshlab tushdi.

"Professional futbol bilan shug‘ullana boshlaganimda, katta orzularim bor edi. Birinchisi va eng muhimi, terma jamoa libosini kiyish edi. Jahon chempionati va Osiyo kubogida ishtirok etish keyingi maqsadlarimdan biri edi va bunday lahzalarni boshdan kechirdim. O‘zbekistonga qarshi bahsda esa mas’uliyatli sardorlik bog‘ichini taqishga muvaffaq bo‘ldim.

Bu men uchun sharaf, bu bog‘ichda buyuk futbolchilar o‘ynagan. Sardorlik bog‘ichi maqsadim emas, biroq buni orzu qilmaganman deya olmayman. Bu holat Toshkentda ro‘y berdi. Bundan xursandman. Buning mas’uliyati og‘ir bo‘lsa-da, hayotimdagi ijobiy voqealardan biri bo‘ldi. Menga ishongan barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman", dedi "Roma" forvardi.

Eslatib o‘tamiz, 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda Azmun golli uzatma amalga oshirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Azmun: "O‘zbekistonda eng katta orzularimdan biriga erishdim"