Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev o‘z telegram kanalida O‘tkir Yusupov borasida izoh qoldirdi. Terma jamoa safidagi so‘nggi ikki o‘yinda ikkita qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan posbon bilan sodir bo‘layotgan voqea maydondagi xatolarga sabab bo‘lishi mumkin.
Muallifning fikricha, konsentratsiyaning yo‘qolishi "Navbahor"da bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
"O‘tkir Yusupov Turkmaniston bilan bo‘lgani kabi Eron bilan ham birinchi golda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘g‘risi, uning darvozabonlik mahoratiga hech kimda shubha yo‘q, ammo oxirgi 7 kun ichida ikkita qo‘pol xato bu tasodif emas. Hozir uning klubi sanalgan "Navbahor"da ancha murakkab vaziyat yuzaga kelgan. O‘tkir uni yechish uchun hatto kerakli odamlar bilan uchrashishga ham ulgurgani aytilmoqda.
Qo‘shimchasiga, uni kelasi mavsum Namanganda qolishi (Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib) ham aniq emas. Qisqasi, klubdagi vaziyat biroz maydonga ko‘chib o‘tgandek taassurot qoldirmoqda. Sababi, deyarli 5 yildan beri TOP darajada o‘ynayotgan posbonni birdaniga bu ahvolga tushib qolishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Terma jamoa futbolchi uchun jang maydoni bo‘lsa, klub uning uyidek gap. Uydagi "jijcha" notinchlik bartaraf etilsa, yuqori konsentratsiya yana qaytadi. Aks holda O‘tkir terma jamoadagi o‘rnidan ayrilib qolishi hech gap emas."
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring