O‘zbekiston U-17 yordamchi murabbiyi: "Fransiyaga qarshi o‘yin qiyin bo‘ladi, biroq g‘alaba qozonishga harakat qilamiz"
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi yordamchi murabbiyi Sobir Usmonxo‘jayev Fransiyaga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Solo shahrida o‘zimizni uydagidek his qilyapmiz. Albatta, bosh murabbiysiz o‘yin o‘tkazish qiyin. Biroq Jamoliddin Rahmatullayev professional murabbiy sanaladi va jamoani pley-offga tayyorlashda yordam bermoqda.
Ertaga qiyin o‘yin bo‘ladi, biroq g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Futbolchilar ham vaziyatdan xabardor, shu bois ular ertaga optimal o‘yinini namoyish etish uchun maydonga chiqishadi.
Fransiyaning musobaqadan chetlatilishi mumkinligi to‘g‘risida yangilikni eshitdik. Biroq bu futbol, pley-off bosqichida qaysi jamoa bilan to‘qnash kelishimizning farqi yo‘q. Barchamiz diqqatni bo‘lajak o‘yinga qaratganmiz, shu bois bu borada nimadir deya olmayman", – dedi Usmonxo‘jayev.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring