23:30 / 28.11.2023
173

Futbolda futbolchini 10 daqiqaga chetlatish varianti ko‘rib chiqilmoqda

Futbolda futbolchini 10 daqiqaga chetlatish varianti ko‘rib chiqilmoqda

Professional futbolda vaqtinchalik chetlatilishlar ham paydo bo‘lishi mumkin.

"The Telegrarh" xabariga ko‘ra, futbol assotsiatsiyalarining butunjahon kengashi APL kabi turnirlarda regbidagi ayrim uslublarni qo‘llab ko‘rmoqchi.

Unga ko‘ra, IFAB unchalik jiddiy bo‘lmagan taktik follar uchun 10 daqiqalik chetlatish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bunday folga Yevro-2020 finalida Jorjo Kellinining Bukayo Sakaga ishlatgan foli yaqqol namuna qilib ko‘rsatildi.

Bunday holatda futbolchiga sabzirang kartochka ko‘rsatiladi. Shuningdek, hakamlar bilan kelishmovchilik qilgan futbolchilarni ham 10 daqiqalik chetlatilishlari mumkin bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbolda futbolchini 10 daqiqaga chetlatish varianti ko‘rib chiqilmoqda