22:08 / 01.12.2023
173

Vitaliy Levchenko: "Navbahor" Hindistonda g‘alabaga erishadi va vazifasini bajaradi"

Vitaliy Levchenko: "Navbahor" Hindistonda g‘alabaga erishadi va vazifasini bajaradi"

Sosa Sola Superliganing 26-turi doirasida "Navbahor" maydonidagi durangdan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko fikrlarini bildirdi.

- Barcha muxlislarni tabriklayman. Bugungi futbol yuqori sifatda o‘tdi. Mavsum derbi bilan yakunlandi. Bu derbida nafaqat maydonda, balki, ikkita murabbiylar shtabida ham ko‘plab hissiyotlarga boy bo‘ldi. Bugungi o‘yin haqiqiy bayram kabi o‘tdi deya olaman. Bugungi natija ikkala jamoa uchun ham yomon emas. Birinchi davrada o‘z maydonimizda ham durang o‘ynagandik, hisob ochilmagandi. Ikkinchi davrada esa 1:1. Jamoalarning darajasi deyarli teng. Shu sababli futbolning katta bayrami bilan barchani tabriklayman.

- Birinchi davradan keyin Toma Tabatadze "Navbahor"ga o‘tdi. Shundan keyin "Neftchi"ning natijalarida pasayish kuzatildi. Hujumchining "Navbahor"ga o‘tish istagi Sizga qanchalik ma’qul keldi?

- Ilk navbatda shuni aytishim kerakki, agarda futbolchi biror jamoada o‘ynashni istamasa, gap "Neftchi" yoki "Navbahor" haqida ketayotgani yo‘q, agarda istamasa, uni ushlab turishdan ma’no yo‘q. U natija va klub tomonidan qo‘yilgan vazifalar uchun ishtiyoq ololmaydi. Shu sababli u sizning jamoangizga ko‘proq foydasi tegishini istadik. "Navbahor" mavsum davomida chempionlik uchun kurashdi. Futbolchida ishtiyoq bo‘lmasa uni ushlab turishdan, aldab o‘tirishdan ma’no yo‘q. Unda ishtiyoq yo‘qmi, demak, ishtiyoq beradigan jamoaga ketkazib yuborish kerak. Bu oson jarayon emas. Uning ketishiga rozimidim? Albatta.

- Mavsum uchun rahmat. Jamoaning bugungi o‘yinidan qoniqdingizmi, nimalarni kutgandingiz va nimalarni oldingiz? Ikkinchi savolim - PFL futbolni yanada rivojlantirish uchun nimalar qilishlari kerak?

- Ikkinchi savoldan boshlayqolay. PFL tashkilotchilik bobida barchasini qilmoqda. Masalan, stadionlar doimo yaxshi holatda. O‘zbekistonda doimo maydonlar zo‘r bo‘lib turibdi. Shuningdek, kiyim almashtirish xonalari ham yomon emas. Buni men boshqa davlat sharoiti bilan solishtiryapman. Ular bu borada qo‘lidan kelganicha talab qilmoqda. O‘zbek futbolining bugungi kundagi tashkilotchilik darajasi meni quvontiradi.

O‘yin bobidagi savol. Birinchi bo‘limda biz mobilroq bo‘ldik va gol ham urdik. Ikkinchi bo‘limda esa biz ortda o‘ynadik. "Navbahor"da esa o‘yin yetakchisi paydo bo‘ldi. Birinchi bo‘limda markazda o‘ynagan Oston O‘runov ikkinchi bo‘limda o‘zining sevimli nuqtasiga qaytdi. Bu esa bizga yoqimsiz holatlarni keltirib chiqardi. Keyinchalik rejalarni o‘zgartirganimizda gol o‘tkazib yubordik. Umuman olganda, yigitlarim bugun yaxshi o‘yin namoyish qilishdi.

- Umar Adhamzoda bugun nega maydonga tushmadi?

- U shamollab qoldi. Uch kundan beri yuqori harorat bilan uyida yotdi. Unga antibiotiklar berishdi, kapelnitsa qo‘yishdi. Uning sog‘lig‘i bilan hazillashishni istamadik. Ularning doimo yuqori holatda bo‘lishini istaymiz. U shamollab qolgani uchun bugun qaydnomaga kiritilmadi.

- Uning klub bilan shartnomasi bormi?

- Ha, yana bir yillik shartnomasi bor. Agarda kimdir uni sotib olmoqchi bo‘lsa, muzokaralar uchun ochiqmiz.

- Ushbu mavsum yakunlandi. "Neftchi" uchun eng zo‘r va eng yomon o‘yinlarni sanab bera olasizmi?

- Bizning eng yaxshi o‘yinlarimiz hali oldinda. Eng yomon o‘yinimizni esa hali taxlil qilmadik. Qachonki taxlil natijasida futbolchilarga katta e’tiroz bildirilsa, shunda eng o‘yin o‘tkazilgan bo‘ladi. Biroq buni ommaga va matbuotga aytmayman. Jamoaning eng yorqin o‘yinlari "Paxtakor"ga qarshi bo‘ldi. "Nasaf"ga qarshi ham yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik. Umumiy olganda, turnir jadvalining yuqori o‘rinlaridagi jamoalar bilan zo‘r o‘ynadik.

- "Navbahor"ning OCHL guruh bosqichidan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Juda yuqori. Jamoa Hindistonda mag‘lub bo‘lmaydi va o‘z vazifasini bajaradi. Ular so‘nggi turda g‘alaba qozonishadi. Barchasi "Navbahor"ning qo‘lida. Shunchaki maydonga chiqib, kerakli natijani ko‘rsatsa bo‘lgani.

- Namanganlik va farg‘onalik muxlislar haqida nima deya olasiz?

- O‘yindan oldin ikki jamoa muxlislari bir-biri bilan quchoq yozib ko‘rishayotganini, hushchaqchaqlik bilan muloqot qilayotganini ko‘rdim. Buni davom ettirish kerak. Futbol rivojlanmoqda, eski narsalar esdan chiqmasligi mumkin. Biroq avlodlar almashadi. Agarda ular bir-biri bilan do‘st bo‘lishsa, o‘zbek futbolining rivoji uchun xizmat qiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "Navbahor" Hindistonda g‘alabaga erishadi va vazifasini bajaradi"