Plyaj futboli: O‘zbekiston jahon reytingida 56-o‘rinda

Plyaj futboli bo‘yicha terma jamoalarning iyul oyi yakunlariga ko‘ra yangi reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, plyaj futboli bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ayni damda reytingning 56-pog‘onasida bormoqda, deb xabar beradi “O‘FF”.
O‘zbekiston iyun oyi yakunlariga ko‘ra ham aynan mana shu pog‘onadan joy olgan edi. Hozirgi vaqtda Plyaj futboli bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 131 ochko mavjud.
Osiyo qit’asi terma jamoalari orasida O‘zbekiston hozirda 9-o‘rinni egallab turibdi. OFKga a’zo mamlakatlar reytingida 1320 ochko to‘plagan Eron terma jamoasi etakchilik qilmoqda.
OFKga a’zo mamlakatlar reytingining kuchli o‘nligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
1 (7) Eron – 1320
2 (10). BAA – 900
3 (14). Yaponiya – 752
4 (16). Ummon – 610
5 (29). Livan – 390
6 (41). Xitoy – 242
7 (51). Tailand – 154
8 (54). Baxrayn – 141
9 (56). O‘zbekiston – 131
10 (57). Vetnam – 126
Jahon reytingini 3249 ochko to‘plagan Portugaliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi pog‘ona Rossiya (3211) terma jamoasiga tegishli bo‘lsa, uchinchi o‘rin Braziliya (2095) termasiga tegishli. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing