18:50 / 04.12.2023
80

Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritdi

Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritdi

Toshkent yana bir bor og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi, deya xabar bermoqda Milliy olipmiya qo‘mitasi.

Bugun, 4 dekabr kuni Qatarda og‘ir atletika bo‘yicha Gran-pri turniri boshlandi. Parij-2024 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadigan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida Jamila Panfilova ishtirokini boshlaydi. 49 kg vazn toifasiga ega atlet «V» guruhida o‘z omadini sinab ko‘radi.

Qayd etilishicha, turnirdan avval Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda yaqin vaqt ichida o‘tadigan yirik musobaqalarga mezbon davlatlar belgilab olingan.

«Toshkent shahri 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritdi. 2018 yil ham yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati poytaxtimizga ishonib topshirilgan va musobaqa yuqori saviyada o‘tkazilgan edi», – deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

2026 yilga belgilangan kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi esa Xitoyning Ninbo shahrida o‘tadigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati 2024 yili Bahrayn, 2025 yili esa Norvegiyada tashkil etiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritdi