Super yengil vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni amerikalik Rolando Romero(15-1, 13 KO) mashhur bokschi Rayan Garsiya(24-1, 20 KO)ning chaqirig‘iga javob qaytardi.
“Hozirda Rayan men bilan jang qilishga loyiq emas deb o‘ylayman. Biroq shunday bo‘lishiga qaramasdan,bizning kurashimiz anchadan beri davom etmoqda. Olti yil oldin men uni jang qilishga chaqirgan edim. Vanihoyat men, muxlislar va jurnalistlar orziqib kutgan jang kelmoqda. Eshitishimcha,u mart yoki aprelda qaytishni rejalashtiryapti. Men ham bu vaqtda ba’zi muammolarim ustida ishlab olaman", – deya Romeroning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Boxing Social nashri.
Eslatib o‘tamiz, 2 dekabr kuni Garsiya Oskar Duarteni sakkizinchi raundda nokautga uchratgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar