date

«Barselona» tinchini o‘g‘irlagan futbolchilar

«Barselona» tinchini o‘g‘irlagan futbolchilar

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi bir qator futbolchilarning ishqida bo‘lmoqda. Lekin ularning hammasi ham “Barselona”ga o‘tishni afzal bilmayapti. Quyida shu futbolchilar xususida so‘z yuritamiz.

Antuan Grizmann, “Atletiko”

Fransiyalik to‘purar hujumchi anchadan beri “Barselona”ning ishqiga tushgan. Shu sababli, kataloniyaliklar uni sotib olish uchun kurashmoqda. Lekin “Atletiko” etakchisi futbolchisini sotish fikrida emas. Shunga “Barsa” uni xarid qilishga qiynalyapti. Bir so‘z bilan aytganda, buning ilojini topa olmayapti.

Felipe Koutino, “Liverpul”

“Liverpul”ning iqtidorli yarim himoyachisi Felipe Koutino ham “Barselona”ning qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Braziliyalik xavbek uchun bu klubga juda katta mablag‘ ajratishga ham rozilik bildirgan. Lekin Koutinoning “Liverpul” bilan shartnomasi sababli, uning Angliyadan ketishi qiyin.

Erik Laport, “Atletik”


Bilbaoning “Atletik” jamoasining ishonchli bo‘lgan himoyachisi Erik Laportga birgina “Barselona” qiziqish bildirgani yo‘q. Unga “Real” tomonidan qiziqish bor. Lekin Laport grand jamoalarda to‘p surishga vaqtli deb “Atletik”ni tashlab ketgisi kelmayapti. Kataloniyaliklar ushbu himoyachi uchun bir necha marotaba taklif bilan chiqqaniga qaramay, ular o‘z tasdiqini topmasdan yakunlanaverdi.

David Silva, “Manchester Siti”

Ispaniyalik yarim himoyachi bugungi kunda “Manchester Siti”ning etakchi futbolchisi hisoblanadi. Uni “Barselona” ortga qaytarish yo‘llarini izlamoqda. Lekin “Manchester Siti”da yaratilgan sharoit, maosh borasida kataloniyaliklar ojiz qolmoqda. Ingliz klubi xo‘jayinlarida pul muammo emas. Silva ketish haqida bir og‘iz gapirsa, uning maoshini yanada oshirishga tayyor. Chunki David jamoaning muhim figuralaridan biri bo‘lib, barcha hujumlarni o‘zi tashkil qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Barselona» tinchini o‘g‘irlagan futbolchilar