“Bunyodkor” BAAning “Emireyts” klubi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

“Bunyodkor” BAAning “Emireyts” klubi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

“Bunyodkor” klubi bosh direktor o‘rinbosari Zokirjon Xoliqov BAA davlatiga safar uyushtirib, “Emireytsfutbol klubi va Akademiyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi va rasmiylar bilan uchrashdi.

“Emireyts” — BAA Pro Ligasi ishtirokchisi hisoblanadi. Jamoa yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibini jahon futbol yulduzi Andreas Inesta bilan kuchaytirgan. Hali ham maydonda javlon urayotgan ispaniyalik yulduz dunyoning bir qator mamlakatlarida o‘z futbol Akademiyasiga asos solgan.

“Bunyodkor” BAAning “Emireyts” klubi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Zokirjon Xoliqov “Emireyts” futbol klubi direktorlar kengashi raisi Yusuf Abdulloh Al Batran va Andreas Inesta bilan o‘tgan uchrashuvda Akademiyalar faoliyati, ish tizimi haqida suhbatlashdi. Shuningdek, “Bunyodkor” Akademiyasi jamoalarini BAAda tashkil etiladigan musobaqalarda qatnashishi to‘g‘risida so‘z bordi”, — deyiladi “Bunyodkor” rasmiy sayti bergan xabarda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar