Sudan prezidentiga Messining qalbaki dastxatini sovg‘a qilishdi

Yirik sarmoyador, ya’ni investision kompaniya xo‘jayini Eliza Plasko Sudan prezidenti Umar al-Bashir bilan uchrashuv chog‘ida davlat rahbariga “Barselona” sardori Lionel Messining qalbaki dastxati tushirilgan futbolkasini sovg‘a qildi. Bu haqda Diydoraziz.uz sayti xabar bermoqda.
Matbuotda keng tarqalgan ushbu suratdan keyinchalik “Barselona” rahbariyati va shaxsan Messining o‘zi xam xabar topdi. O‘sha zahoti kataloniyaliklar rasmiy bayonot berib, Messi bu futbolkaga o‘z dastxatini qo‘ymaganini bildirishdi.
Hozircha Sudan prezidentlik devoni bu voqeylikka o‘z munosabatini bildirmadi. Har qanday holatda ham Umar al-Bashirni chuv tushirishgani aniq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing