date
views 404

"Navbahor"ning sobiq bosh murabbiyi muzokara o‘tkazayotganini tan oldi

"Navbahor"ning sobiq bosh murabbiyi muzokara o‘tkazayotganini tan oldi

“Tobol”ning sobiq bosh direktori Andrey Kanchelskis Qirg‘izistonning “Muras Yunayted” klubini boshqarishini tasdiqladi, deya xabar berdi KazFootball.kz.

- "Muras Yunayted" bilan muzokaralarim haqidagi ma’lumotlar haqiqat. Biz muzokaralar olib bormoqdamiz. O‘ylaymanki, bu masala yaqin vaqt ichida yopiladi, chunki hamma mavsumoldi mashg‘ulotlar oldinda ekanligini tushunib turibdi, biz tayyorgarlik ko‘rishimiz va jamoani shakllantirishimiz kerak. Shartnoma imzolangandan keyin nimadir deyishimiz mumkin, - dedi Andrey Kanchelskis.

Andrey Kanchelskis “Muros Yunayted” bilan 2024 yil oxirigacha amal qiladigan shartnoma imzolashi kutilmoqda. 

Bungacha mutaxassis “Tobol” bosh direktori lavozimida ishlab kelgan. Kanchelskis 2023 yilning iyulida tayinlangan va noyabrda klubni tark etgandi.

“Muros Yunayted” o‘tgan mavsumda Qirg‘iziston chempionatida 42 ochko jamg‘arib, beshinchi o‘rinni egallagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor"ning sobiq bosh murabbiyi muzokara o‘tkazayotganini tan oldi