date
views 346

FIFA 2024 yildan boshlab Qit’alararo Kubok musobaqasi o‘tkazilishini ma’lum qildi

FIFA 2024 yildan boshlab Qit’alararo Kubok musobaqasi o‘tkazilishini ma’lum qildi

FIFA 2024 yildan boshlab Qit’alararo Kubok musobaqasi o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Tashkilot tomonidan o‘tkaziladigan turnirda har yili konfederatsiyalardan xalqaro turnir  g‘oliblari ishtirok etadi. Musobaqa bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi.

A bosqichining birinchi turida Osiyo yoki Afrika Chempionlar Ligasi g‘olibi Okeaniya Chempionlar Ligasi g‘olibi bilan o‘z uyida o‘yin o‘tkazadi.

Ushbu juftlik g‘olibi keyingi bosqichda qolgan OFK va CAF vakili bilan o‘ynaydi — Afrika va Osiyo jamoalarining 2024 yildagi tartibi qur’a yo‘li bilan aniqlanadi.

B bosqichida KONKAKAF Kubogi va Libertadores Kubogi sovrindorlari o‘zaro to‘qnash keladi, mezbon jamoa qur’a yo‘li bilan tanlanadi.

Turnirning yakuniy qismi neytral maydonda bo‘lib o‘tadi. A va B bosqichlarida g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi finalda UYEFA Chempionlar Ligasida zafar quchgan klubga qarshi o‘ynaydi.

2024 yilda pley-off o‘yini 14 dekabrda, final 18 dekabrda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA 2024 yildan boshlab Qit’alararo Kubok musobaqasi o‘tkazilishini ma’lum qildi