
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi BAAdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari mobaynida Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Srechko Katanes shogirdlari mazkur uchrashuvda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston terma jamoasi safida gollarni Abbosbek Fayzullayev, Azizbek Amonov, Jaloliddin Masharipov va G‘olib G‘aybullayev mualliflik qildi.
Nazorat o‘yini
25 dekabr, dushanba
O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi 4:1
Gollar: Fayzullayev 23, Amonov 53, Masharipov 55, G‘aybullayev 80 - Duishobekov.
O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, Muhammadqodir Hamraliyev, Umar Eshmurodov, Rustam Ashurmatov, Odiljon Hamrobekov, Diyor Xolmatov, Bobir Abdixoliqov, Azizbek Turg‘unboyev, Sherzod Nasrullayev, Hojimat Erkinov, Abbosbek Fayzullayev.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.