00:30 / 02.01.2024
1 127

Yevropa, Abbosbekni kutib ol! Ekspertlar Fayzullayevga mos jamoa tanladi...

Yevropa, Abbosbekni kutib ol! Ekspertlar Fayzullayevga mos jamoa tanladi...

Rossiya Premer-ligasida eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri Abbosbek Fayzullayevning SSKAdan Yevropaning kuchli ligalariga transfer qilinishi bo‘lib turibdi.

Abbosbekning O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatarda bo‘ladigan Osiyo chempionati uning kelajakdagi faoliyatiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Rossiya futboli ekspertlari o‘zbek futbolchisi yaqin kelajakda Yevropaning qaysi klubiga o‘tishi kerakligini muhokama qildi. Ular O‘zbekistonning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi, Rossiya Premer-ligasi kashfiyoti va SSKAning eng kuchli o‘yinchisi sifatida e’tirof etilayotgan Fayzullayevga beshta jamoani tavsiya qilmoqda.

Rossiya futbolini yoritib kelayotgan football24.ru sayti quyidagi materialni muxlislar e’tiboriga havola etdi.

“TOTTЕNXEM”

“Tottenxem” Angliya Pemer-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylanib bormoqda. Jamoa hujumchisi Son Xyon Min va Jeyms Meddisonga suyanib qolgan. Risharlison mavsumni barqaror yuqori saviyada o‘tkaza olmaydi.

Bosh murabbiy Ange Pestekogluga oldingi chiziqda faqatgina ikki futbolchining barqarorligi sovrinlar uchun kurashishga kamlik qiladi. Abbosbek Fayzullayevdek o‘yinchi esa, hujum chizig‘ida har qanday pozitsiyani yopa oladi.

Fayzullayevning asosiy ampluasi – hujumkor futbolchi. Biroq SSKAda vaziyatdan kelib chiqib, ko‘proq qanotda o‘ynadi. “Tottenxem”da qanot hujumchilari doim tanqis va muammo bo‘lgan. Son Xyon Minni ham klassik vinger, deb bo‘lmaydi. U asosan erkin ijodkor sifatida o‘zini ko‘rsatib kelmoqda.

Fayzullayev “Tottenxem”ga o‘tadigan bo‘lsa, har ikki qanotdagi muammoni hal qila oladi. Misol tariqasida olganda, Abbos o‘sha jamoada o‘ynayotgan Brennan Jonsondan hech ham qolishmaydi.

“MANCHЕSTЕR YUNAYTЕD”

Mavsum davomida “Manchester Yunayted” qanot futbolchilari yetishmasligidan qiynalmoqda. Sentyabr oyidan beri davom etayotgan jarohat va mojarolar tarkibni to‘liq shakllantirish imkonini bermayapti.

Bu pozitsiyada o‘ynay oladigan Jeydon Sancho jamoadan chetlatilgan, Antoni endi safga qaytdi, biroq jamoaga kelganidan beri hali ishonchni oqlagani yo‘q.

Meyson Maunt sakkizta uchrashuvda birorta samarali harakatni amalga oshira olmadi va eng omadsiz transferlardan bo‘ldi.

Erik ten Xag hozircha yosh o‘yinchilar – Pelistri va Garnachodan foydalanishga majbur bo‘lyapti.

Bu holatda Fayzullayev “Manchester Yunayted” asosiy tarkibiga yorib kira oladi. Hatto statistika jamoaning Maunt, Antoni, Sancho, Marsyal va Pelistri kabi vingerlarining umumiy ko‘rsatkichlari birgina Abbosbek qayd etayotgan natijalarga teng kelmasligini ko‘rsatmoqda.

“ROMA”

“Roma” bosh murabbiy Joze Mourino Rimga kelganidan beri tarkib muammosini hal eta olmadi. Oxirgi paytda hujum Romelu Lukaku atrofida qurilyapti. Hozircha, belgiyalik hujumchi muntazam gol uryapti, lekin bir xil uslubdagi o‘yin katta jamoalarga qarshi ish bermasligi aniq.

Qanotda o‘ynaydigan Pellegrini, Bove, El-Shaaravi joriy mavsumda ikkitadan samarali harakatni amalga oshira oldi xolos. Fayzullayev statistik ko‘rsatkichlari ustunligidan tashqari Joze Mourino qo‘llayotgan futbolga uslub jihatidan juda mos tushadigan o‘yinchi ekani ham uning foydasiga ishlaydi.

Fayzullayev himoyadan qarshi hujumga tez o‘tishda juda foydali o‘yinchi. Abbosbek birgina pas bilan raqib himoya chizig‘ini cheklab qo‘yib, jamoadoshini raqib darvozasi oldida qulay pozitsiyaga olib chiqishga usta.

“BOLONYA”

“Bolonya” hech kim kutmagan pallada yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda. Tyago Motti shogirdlari chempionatda eng kam mag‘lubiyatga uchragan jamoalardan. Ular Yevrokuboklarga yo‘llanma beradigan o‘rinlarga da’vogarlik qilyapti.

O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan jangovar o‘rtamiyona jamoa Yevropada faoliyat boshlash uchun optimal variant.

Qolaversa, “Bolonya”da samaradorlik bo‘yicha muammolar bor. Jamoa A Seriyadagi dastlabki 17 ta uchrashuvda atigi 21 ta gol urdi. Bu kuchli oltilikda turgan jamoalar orasida eng past ko‘rsatkich. Bunday jamoada Fayzullayev nafaqat asosiy tarkibga kira olishi, balki jamoa hujum chizig‘ining yetakchisiga aylanish imkoniga ega.

Fayzullayev top-klublarga o‘tish yo‘lida “Bolonya”dan tramplin o‘rnida foydalansa bo‘ladi.

“RB LEYPSIG”

“Leypsig” har doimgidek Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun kurashmoqda. Bu jamoa ba’zan hujum chizig‘ida ajoyib o‘yin namoyish qiladi. Biroq bu holat muntazam kuzatilmaydi.

Bunga ikki sabab bor. Birinchidan, “Leypsig”ning hujumkor o‘yini jamoaviy harakatlardan ko‘ra o‘yinchilarning individual mahoratiga bog‘liq. Masalan, Xavi Simons va Loi Openda to‘pni maydon markazidan olib, gol urib kelishi mumkin.

Ikkinchi sabab esa, “Leypsig”da zaxira o‘rindig‘i qisqa. Asosiy tarkib vakillaridan birortasi safdan chiqsa, darrov muammo tug‘iladi.

Fayzullayevning ajoyib texnikasi, yaxshi shakllangan driblingi, maydonning har qanday nuqtasida raqibni aldab o‘tish mahorati unga tashabbusni qo‘rqmay o‘z zimmasiga olish imkonini beradi. Ayniqsa, Abbos maydonni yaxshi ko‘ra oladi va vaziyatlarni juda zo‘r his qiladi. Bu qobiliyatlar esa, unga tayanch hudud va hujum chizig‘ini bog‘lashda katta ustunlik beradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa, Abbosbekni kutib ol! Ekspertlar Fayzullayevga mos jamoa tanladi...