2023 yilning o‘z pozitsiyalari bo‘yicha eng yaxshilari aniqlandi


Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi o‘tgan yilning o‘z pozitsiyalari bo‘yicha eng yaxshilarini aniqladi. IIFHS tasnifiga ko‘ra 2023 yilning ramziy jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Ederson («Manchester Siti», Braziliya);
Himoyachilar: Alfonso Devis («Bavariya», Kanada), Kim Min Je («Bavariya», Janubiy Koreya), Ruben Diash («Manchester Siti», Portugaliya);
Yarim himoyachilar: Rodri («Manchester Siti», Ispaniya), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti», Belgiya), Jud Bellingem («Real», Angliya), Lionel Messi («Inter Mayami», Argentina);
Hujumchilar: Kilian Mbappe («PSJ», Fransiya), Erling Xoland («Manchester Siti», Norvegiya), Xarri Keyn («Bavariya», Angliya).
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…