23:51 / 05.01.2024
207

Temur Chogadze: "Katta pullarni emas, "Nasaf" bilan chempionlik uchun kurashishni tanladim"

Temur Chogadze: "Katta pullarni emas, "Nasaf" bilan chempionlik uchun kurashishni tanladim"
Qarshining "Nasaf" jamoasi qishki transferlar oynasida faol tarzda seleksiya ishlarini olib bormoqda.
 
"Ajdarlar" kecha gruziyalik vinger Temur Chogadze bilan shartnoma imzoladi. O‘tgan mavsumni Qozog‘istonning "Shaxtyor" klubida o‘tkazgan futbolchi endilikda "Nasaf" klubida to‘p tepadi. Futbolchi yangi klubidagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Dekabr oyida "Nasaf"dan taklif oldim. Agentim bu taklif ustida ishladi va Shahboz Beg‘amov "Nasaf"dan qiziqishlar borligini aytdi. Bu Osiyodagi eng yaxshi klub. Qarshi klubida akam va do‘stim Jaba Jigauri to‘p tepadi. Taklif tushganda u bilan maslahatlashdim. Yana boshqalardan ham klub haqida so‘raganimda murabbiy kuchli ekanligini, top jamoa ekanligini aytishdi. Jamoada do‘stlar ochiq kayfiyatda qarshi oldi. Boy tarixga ega jamoaga keldim.
— Qozog‘istondan 3ta, O‘zbekistondan 2ta jamoadan taklif bo‘lgan. Lekin agentim boshqa takliflarni ko‘rib chiqishning hojati yo‘qligini ma’lum qildi. Menda moliyaviy jihatdan boshqalarga qaraganda yaxshiroq chorlovlar bor edi. Lekin men katta pullarni emas, "Nasaf" bilan chempionlik uchun kurashishni tanladim. Qozog‘istonda o‘ynab yurgan paytimdayoq O‘zbekistonni o‘rganib qo‘yish foydadan holi bo‘lmasligini bilganman. Eng muhimi murabbiyning menga bildirayotgan ishonchi. Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekistondagi kuchli murabbiy. Hattoki, Osiyoda ham o‘z mavqeiga ega.
Yangi jamoamda 22-raqamda o‘ynashni ko‘zlamoqdaman. Qanday raqam bo‘lishidan qat’iy nazar, bor kuchimni ishga solaman.
— O‘zbekiston va Gruziyaning madaniyati, iqlimi o‘xshash. Shuning uchun ham bu yerda gruziyalik futbolchilar moslashishda qiynalishmaydi. Superliga Markaziy Osiyodagi eng kuchli liga hisoblanadi.
 
 Muallif: Iskandarov Abdulaziz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temur Chogadze: "Katta pullarni emas, "Nasaf" bilan chempionlik uchun kurashishni tanladim"