
Samvel Babayan boshqaruvidagi "Navbahor" klubida ham o‘zgarishlar yuz beryapti. Tarkibga yangi o‘yinchilar qo‘shib olinayotgani bilan bir qatorda yo‘qotishlar ham bor. Klub matbuot xizmati "Navbahor"dan ketgan o‘yinchilarni rasman e’lon qildi.
Hozirgacha hammasi bo‘lib 6 nafar o‘yinchi klubni tark etgan. Bular - himoyachilar - Igor Golban, Shahboz Jo‘rabekov, yarim himoyachilar – Oston O‘runov, Jasurbek Yaxshiboyev va Doniyor Abdumannopov hamda hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov.

"Navbahor" klubi ushbu futbolchilarga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Xabar berib o‘tganimizdek, hozirga qadar Abduholiqov "Bunyodkor"ga, Golban esa "Nasaf"ga qaytdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar