23:25 / 07.01.2024
584

Ektor Kuper: "O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatishimizga umid qilaman"

Ektor Kuper: "O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatishimizga umid qilaman"
Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Qatarga yetib borgan Suriya termasi bosh murabbiyi Ektor Kuper musobaqadan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
"Biz ushbu musobaqaga juda ko‘p tayorgarlik ko‘rdik. Jamoani rivojlantirishga harakat qildik. Bugunga kelib, eng kamida tayyorgarligimiz yaxshi, deb ayta olaman. Futbolda hech narsa kafolatlanmagan. Biz boshqa jamoalarga qarshi kurashishimiz kerak. Ular ham xuddi biz istagan narsani xohlashadi. Aynan shu narsa futbolning asosi hisoblanadi. Biroq, bizda o‘zimizga ishonch yetarli. Birinchi uchrashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatishimizga umid qilaman.
 
Ushbu musobaqaga yangi o‘yinchilarni ham jalb qildik, ularni avvaldan kuzatib yurgandik, albatta. Bu yangi o‘yinchilar jamoaga naf keltirishiga ishonaman. Jarohat yoki boshqa muammo yuz bersa, bir-birini o‘rnini bosadigan futbolchilarimiz yetarli", - deydi Ektor Kuper.
 
Ma’lumot uchun, Suriya terma jamoasi Osiyo kubogidagi ilk uchrashuvini O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv 13 yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper: "O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatishimizga umid qilaman"