07:24 / 13.01.2024
208

Ekspert bahosi: O‘zbekiston Osiyo kubogida syurpriz qilishga qodir!

Ekspert bahosi: O‘zbekiston Osiyo kubogida syurpriz qilishga qodir!

Qatar stadionlarida qit’aning eng kuchli 24 ta terma jamoasi ishtirokida Osiyo kubogi boshlandi. Bu turnir 18-marotaba tashkil etilmoqda.

24 ta terma jamoa to‘rttadan olti guruhga bo‘lingan holda pley-off bosqichiga chiqish uchun bir davrali tizimda o‘zaro kuch sinashadi.

Musobaqa qoidasiga ko‘ra, har bir kvartetdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega to‘rtta uchinchi o‘rin sohibi musobaqadagi ishtirokini davom ettiradi. Qolganlar uyga qaytadi.

Hozir futbol olamining katta qismi Afrika Millatlar kubogi va Osiyo kubogini kuzatib borishga qiziqqan.

Yon qo‘shnimiz – Qozog‘istondagi mutaxassislar, futbolchilar, ekspertlar ham Osiyo kubogi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Xususan, Qozog‘iston o‘smirlar terma jamoasi katta murabbiyi va birinchi ligada qatnashayotgan “Xan-Tengri” jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Kuznetsov ham Oisyo qit’asining eng nufuzli musobaqasiga munosabat bildirdi.

- O‘zbekiston bizga qo‘shni va bu fakt bizni mana shu terma jamoaga muxlislik qilishga undaydi.

O‘zbeklar o‘tsa bo‘ladigan guruhdan o‘rin olgan. Suriya va Hindiston o‘zbekistonliklar o‘ta oladigan raqiblar sirasiga kiradi.

Keyin pley-off bosqichida ham qo‘shnilarimiz uyushqoq tarzda o‘yin ko‘rsatsa, syurpriz qilishga qodir.

O‘zbekiston terma jamoasi safida yulduz futbolchilar va iste’dodli yosh o‘yinchilar bor. Ular yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zlarini ko‘rsata olgan, - dedi Aleksandr Kuznetsov.

Ta’kidlash joizki, Osiyo kubogida ishtirok etish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasiga taklif etilganlar orasida o‘tgan mavsumni Qozog‘iston Premer-ligasida o‘tkazgan ikki nafar futbolchi ham bor.

Bobur Abduxoliqov va Shahboz Umarov mavsumni “Ordabasi” safida o‘tkazdi. Chimkentliklar klub tarixida ilk marotaba mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Tabiiyki, chempionlikka o‘zbek legionerlari ham katta hissa qo‘shdi. Chempionatning barcha – 26 ta uchrashuvida maydonga tushgan Bobur Abduxoliqov raqiblar darvozasini yetti marotaba ishg‘ol qildi.

Premer-liganing yigirma ikkita bellashuvida qatnashgan Shahboz Umarov esa, o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Bobur Abduxoliqov 2018 yildan beri milliy terma jamoa o‘yinchisi hisoblanadi. Hozirgacha 13 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qilgan.

Shahboz Umarov 2021 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi. Hozircha to‘rt marotaba maydonga tushgan va hali gollari hisobini ochmadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ekspert bahosi: O‘zbekiston Osiyo kubogida syurpriz qilishga qodir!