00:44 / 14.01.2024
216

Grem Arnold: "Mehmonxonaga qaytib borganimdan so‘ng O‘zbekiston - Suriya uchrashuvini tomosha qilaman"

Grem Arnold: "Mehmonxonaga qaytib borganimdan so‘ng O‘zbekiston - Suriya uchrashuvini tomosha qilaman"

Osiyo Kubogi birinchi turidan o‘rin olgan Avstraliya 2:0 Hindiston uchrashuvidan so‘ng Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi va bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Jekson Irvin matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Bugungi  uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo‘lishsangiz?

- Hindiston borini berib o‘ynadi. Birinchi bo‘limda sal hayajon bo‘ldi, sababi katta turnir va biz uzoq davom tayyorgarlik ko‘rgandik. Hindiston terma jamoasi ham meni yaxshi ma’noda hayratga soldi. Ular juda tartibli himoyalanishdi. Ikkinchi bo‘limda esa hammasi joyiga tushdi va g‘alaba erishdik.

- Uch ochkoni qo‘lga kiritdingizlar, ammo jamoada kamchiliklar kuzatildi?

- Ha, muammolarimiz bor. Bugun Hindiston namoyish etgan o‘yin bizga ko‘p muammo yaratib berdi. Hindistonga qoyil qoldim.

- Jamoangizning o‘yinidan qanchalik qoniqdingiz?

- Yigitlar yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Futbolchilarimiz har xil jamoalarda o‘ynashadi va turli xil uslubda. Ularni bir jamoada va bir uslubda jamlash oson vazifa emas, ammo Bahraynga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvi ushbu vazifani bajarishda katta yordam berdi.

- O‘zbekiston va Suriya terma jamoasi haqida nima deya olasiz. Ushbu guruhda kim birinchi o‘rinni egallaydi sizning fikringizcha?

- Birinchi o‘yinni o‘tkazib oldik. Hozir mehmonxonaga qaytib dam olishimiz kerak. Bugun kechasi O‘zbekiston - Suriya uchrashuvini tomosha qilaman. Men avvalroq ta’kidlaganimdek biz bu yerga chempionlik uchun kelganmiz, ammo bir vaqtning o‘zida bir nechta raqib haqida o‘ylamaymiz. O‘yindan o‘yinga harakat qilishda davom etamiz.

- Jamoaga taklif etgan yosh futbolchilarning o‘yiniga qanday baho berasiz?

- Men ularni terma jamoaga chaqirdim va ularga ishonaman. Sekin astalik bilan ular ham o‘sib borishadi.

- Hindiston terma jamoasi rivojlanishi uchun nima maslahat berasiz?

- Bugun Hindiston men kutgandan yaxshiroq o‘yin namoyish etdi. Hindistonda futbolni ommalashtirishda davom etish kerak deya olaman. Hindiston bosh murabbiyining mehnatini juda yuqori baholayman.

Jekson Irvin

- G‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin haqida nimalar deya olasan?

- O‘yin asabiy bo‘ldi. Birinchi golni uzoq kutdik. Yigitlar ruhan bunday uchrashuvga tayyor edi. Sabrli bo‘ldik va g‘alabaga erishdik. Ikkinchi bo‘limda barchasini to‘g‘irladik.

- Hindistonlik muxlislar stadionni to‘ldirishdi. Birinchi golni urish qiyin bo‘ldimi?

- Muxlislar soni ko‘pligi bu ajoyib. O‘yin ham shunga yarasha bo‘ldi deya olaman. Muxlislar bugun ajoyib atmosfera yaratishdi.

- Birinchi golingga izoh bera olasanmi?

- Birinchi bo‘limda juda ko‘p vaziyatlarga ega bo‘ldik, ammo ularni ko‘kka sovurdik. Gol urgan vaziyatimga keladigan bo‘lsak, to‘p menga keladi va men zarba berdim. Ushbu gol juda muhim bo‘ldi va o‘yinda burilish yasadi deya olaman.

- Bugungi uchrashuvdan nima kutayotgan eding va aslida nima sodir bo‘ldi?

- Hindiston zich himoyalanishini kutmagan edim.

- Sen top jamoalarda o‘ynagansan, bugungi raqiblaring katta jamoalarda o‘ynay oladimi? Oradagi farq qanchalik katta?

- Men solishtirishni yoqtirmayman. Hindiston terma jamoasi futbolchilari ham yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Lekin biz tajribaliroq edik va shu sabab g‘alabaga erishdik.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Grem Arnold: "Mehmonxonaga qaytib borganimdan so‘ng O‘zbekiston - Suriya uchrashuvini tomosha qilaman"