O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Farruh Sayfiyev Osiyo kubogi-2023 "B" guruh 1-tur doirasidagi O‘zbekiston — Suriya (0:0) o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz. Suriyaga qarshi 2 ochko yo‘qotdikmi yoki 1 ochko qo‘lga kiritdik?
- Bugun 2 ochko yo‘qotdik. Hozirgi kunda hamma futbol o‘ynashni biladi va hech kimni osonlikcha mag‘lub eta olmaysiz?
- O‘yindan keyin kiyinish xonasida atmosfera qanday edi?
- Atmosfera normal edi har doimgidek. Hali hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q. Suriyaga qarshi uchrashuv tarixda qoldi. Ertaga Hindistonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.
- Terma jamoamizning o‘yinida qanday kamchiliklarni payqadingiz.
- Bugun Shomurodovning o‘rni bilindi. Biroq bu futbol va siz ertaga nima bo‘lishini bilmaysiz. Kamchiliklar har doim bo‘ladi. Qanday kamchiliklar bo‘lsa bosh murabbiyimiz bizga aytadi.
- Keyingi uchrashuvlardagi raqib Hindiston va Avstraliya haqida nimalar deya olasiz?
- Endi bor e’tiborimizni Hindistonga qarshi kechadigan uchrashuvga qaratamiz va maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring