Osiyo kubogi O‘zbekiston - Suriya (0:0) uchrashuvidan keyin terma jamoamiz himoyachisi Umar Eshmurodov bugungi uchrashuv haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
- Bugungi uchrashuv bo‘yicha fikrlaringiz. Qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Bugungi rejamiz nega ish bermadi?
- Dastlabki uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik, ammo ayrim bir jihatlarda o‘yinimiz qovushmadi. Birinchi bo‘limda yaxshi hujum tashkil eta olmadik. Ikkinchi taymda esa ko‘proq to‘pni nazorat qildik va vaziyatlar yaratdik, lekin raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadik. Havotirga o‘rin yo‘q, musobaqa endi boshlandi va biz bor yo‘g‘i birinchi uchrashuvni o‘tkazdik. Keyingi turlarda yaxshiroq natija qayd etishimizga ishonaman.
- Bugun himoya chizig‘imiz qanday o‘yin o‘tkazdi? Himoyachilarimiz uchun bugungi uchrashuv qiyin kechdimi?
- Suriya terma jamoasi ko‘proq himoyalandi va kam vaziyatlar yaratishdi. Mening fikrimcha bugun hujumchilarimiz ko‘proq qiynalishdi, sababi raqib tartibli himoyalandi.
- Keyingi uchrashuvga terma jamoamiz qaysi jihatlarni kuchaytirishi kerak.
- Ko‘proq ishtiyoq va ishonch bo‘lishi kerak. Harakatdan to‘xtamasligimiz kerak, keyingi uchrashuvlarda barchasi o‘z joyiga tushadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring