16:15 / 14.01.2024
666

Husanovning o‘yiniga Yevropadan qanday munosabat bo‘ldi?

Husanovning o‘yiniga Yevropadan qanday munosabat bo‘ldi?

Srechko Katanes bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogining dastlabki turida birinchi ochkosini qo‘lga kiritdi.

Aslida Osiyo kubogidagi ilk raqib – Suriya futbolchilariga qarshi uchrashuvda ko‘pchilik terma jamoamizdan g‘alaba kutgandi. Biroq suriyaliklar bilan raqobat doimo yuqori darajada bo‘lgan va o‘zaro uchrashuvlar statistikasida ham ustunlik arablar tomonida.

Statistikaga ixtisoslashgan wildstat.ru saytida O‘zbekiston va Suriya Qatardagi uchrashuvgacha rasmiy va o‘rtoqlik bahslari jami olti marotaba to‘qnash kelgan va ularda o‘zbekistonliklar ikkita g‘alaba, suriyaliklar esa uchta marta zafar quchgani qayd etilgan. Bu galgi o‘yin yettinchi bellashuv bo‘ldi va uning natijasi ikkinchi durang sifatida tarixga yozildi. To‘plar nisbati ham teng – 5:5.

Adolat yuzasidan aytish kerakki, Osiyo kubogining birinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvda qisman ustunlik o‘zbek futbolchilari tomonida bo‘ldi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘lim oxirlarida hamyurtlarimiz Abbosbek Fayzullayev va Sherzod Nasrullayev faolligi evaziga g‘alaba to‘pini kiritish uchun yaxshi imkoniyatlarni yuzaga keldi.

Osiyo kubogida O‘zbekiston sharafini himoya qilish uchun Qatarga “Lans” jamoasi o‘z himoyachisi Abduqodir Husanovni yuborgan. Fransiyaliklar 19 yoshli himoyachi orqali milliy terma jamoamiz o‘yinlarini ham kuzatib bormoqda.

“Lans” faoliyatini yoritishga ixtisoslashgan lensois.com  sayti eksperti Kristof Shaad legionerimizning Osiyo kubogidagi debyut uchrashuvini baholadi.

- “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanov Qatardagi Osiyo kubogida debyut o‘yinini o‘tkazdi. Uning terma jamoasi turnirni Suriya terma jamoasi bilan kutilmagan durangdan boshladi.

Lansliklar vakili uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. Bellashuvning 54 daqiqasida ogohlantirish oldi. Bu guruhdagi ikkinchi bahsda Avstraliya terma jamoasi Hindiston futbolchilarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Musobaqa qoidasiga ko‘ra, olti guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega uchinchi o‘rinning to‘rt sohibi 1/8 finalga chiqadi.

Osiyo kubogining ikkinchi turi muhim ahamiyat kasb etadi. Abduqodir Husanov va O‘zbekiston terma jamoasi 18 yanvar kuni Hindiston futbolchilari bilan bellashadi. Bo‘lajak bahsdagi g‘alaba o‘zbekistonliklarga Avstraliyaga qarshi o‘tkaziladigan 23 yavnardagi  uchinchi turdagi o‘ta murakkab o‘yin oldidan guruhda kamida uchinchi o‘rinni egallash imkoniyatini ta’minlaydi, - deb yozdi Kristof Shaad.

Abduqodir Husanov 2023 yilning 11 iyunidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. 19 yoshli futbolchi hozirga qadar mamlakatimiz bosh jamoasida sakkizta uchrashuv o‘tkazgan.

Yaqinda Ispaniyaning AS nashri Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullayevni Qatardagi Osiyo kubogining eng iste’dodli futbolchilar qatorida e’tirof etgan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Husanovning o‘yiniga Yevropadan qanday munosabat bo‘ldi?