Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ning ashaddiy raqib – “Real”dan 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgani bosh murabbiy Xavi Ernandesning klubdagi keyingi faoliyatini shubha ostiga qo‘ydi.
Jurnalist Adrian Sanchesning ma’lum qilishicha, klub xo‘jayinlari Xavining o‘rniga bosh murabbiy topib qo‘ygan.
Agar Xavi Ernandes iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, uning kursisini “Barselona” o‘rinbosarlari tarkibi bilan ishlayotgan Rafael Markes egallaydi.
Ayrim mutaxassislarning ta’kidlashicha, Markes nomzodi tezkor yechim sifatida qabul qilinmoqda. Keyinchalik, jamoani yuksak cho‘qqilarga ko‘tarishga qodir boshqa tajribali mutaxassis topilguniga qadar klub mutasaddilar Markes xizmatidan foydalanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar