Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogining birinchi tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Quyida ayni paytdagi barcha guruhlardagi vaziyat bilan tanishishingiz mumkin.
"A" guruhi
Ochilish bahsida Qatar Yamanga qarshi maydonga tushdi. Garchi Tintin Markes shogirdlari yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa ham, ayrim qiyinchiliklarga duch keldi. O‘yinda Afif dublni rasmiylashtirdi, Almoz Ali esa bitta gol bilan cheklandi. Xitoy - Tojikiston bahsida hisob ochilmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
"B" guruhi
Bizning guruhda Avstraliya Hindiston darvozasiga ikki marta yo‘l topa olgan holda zafar quchdi. Dastlab, Bos hisobni ochgan bo‘lsa, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Irvin farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. O‘zbekiston esa Suriya bilan durang o‘ynb, turnirni kutilganidan yomonroq boshladi.
"C" guruhi
Eron Falastinni qiyinchiliksiz taslim qildi. Ansarifard, Xolizadeh, Gayedi va Azmunlar o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Birinchi taym so‘nggida Seyam javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. BAA Gongkong ustidan g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Alamiri penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsa, Chan hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng Bento shogirdlari ikki marta Yapp darvozasini ishg‘ol qilib, g‘alabani tantana qildi.
"D" guruhi
Yaponiya - Vetnam uchrashuvida gollar "otishmasi" bo‘ldi. Minamino dastlab hisobni ochib, jamoasiga xotirjamlik taqdim etdi. Oradan ko‘p o‘tmay vetnamliklar ikki marta javob qaytarib, hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo taym so‘nggiga qadar Minamino va Nakamuralar bittadan gol urdi. 85-daqiqada esa Ueda o‘yinga nuqtani qo‘ydi. Iroq ham kutilgan natijani qayd etdi. Jamoa Indoneziya ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni Ali, Rashid va Xusseyn urgan bo‘lsa, Ferdinan farqni qisqartirdi.
"E" guruhi
Garchi Iordaniya yaxshi qarshilik ko‘rsata olgan bo‘lsa-da, Janubiy Koreya ishonchli hisobda g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘lib Pizzi shogirdlari gol urgandi, lekin bunga javoban koreyaliklar 3 marta darvozani ishg‘ol qildi. Li Kan In dubl qilishga ham ulgurdi. Ikkinchi bahs Malayziya va Iordaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Mardi va Al Taamarilar dubl qilib, Iordaniyaning yirik hisobdagi g‘alabasini taminladi.
"F" guruhi
So‘nggi turda Tailand Qirg‘iz Respublikasini taslim qildi, lekin qo‘shnilarimiz yaxshigina qarshilik ko‘rsata olgan holda mag‘lub bo‘ldi. O‘yinda Jaded ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Saudiya esa O‘monni irodali tarzda taslim qildi. Dastlab, Al Yahyoi hisobni ochgandi. 78-daqiqada G‘arib ajoyib goli bilan imkoniyatlarni tenglashtirdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda bo‘lsa Al Bolayhi g‘alaba golini urib ketdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring