“Barselona” Ispaniya Superkubogi finalida “Real”dan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchraganidan keyin bosh murabbiy Xavi Ernandesga katta bosim bo‘lyapti. Ispaniyalik mutaxassis Kataloniya klubi bosh murabbiyligini topshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
- Men bu klubga kelganimda bizdan kuchli to‘rtlikdan o‘rin olishni so‘rashgan edi. Jamoa o‘shanda chempionatni ikkinchi pog‘onada tugatdi.
O‘tgan mavsum ligada g‘olib chiqish vazifasi yuklatildi va bu ish bajarildi. Bu gal jamoa muhim sovrinlar – mamlakat kubogi, La Liga chempionligi yoki Yevropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini yutishi kerak.
Agar bunga erisha olmasak, men ketaman. Biz omadsizlikdan ko‘ra, muvaffaqiyatga yaqinroqmiz, - dedi Xavi Ernandes.
Xavi Ernandes “Barselona”ga 2021 yili taklif etilgan va klub bilan uch yillik bitim imzolagan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring