22:58 / 18.01.2024
347

Abbosbek Fayzullayev: Ular qog‘ozda kuchli bo‘lishi mumkin, ammo...

Abbosbek Fayzullayev: Ular qog‘ozda kuchli bo‘lishi mumkin, ammo...

Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Hindiston - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.

Termamiz safida dastlab Abbosbek Fayzullayev 4-daqiqada bosh bilan zarba yo‘llab, hisobni ochdi. 18-daqiqada Igor Sergeyev darvoza ustunidan qaytgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Taym so‘nggiga yaqin Nasrullayev yaqin masofadan deyarli bo‘sh qolgan darvozaga zarba yo‘llab, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Bellashuvdan so‘ng Abbosbek Fayzullayev o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi:
- Hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Stadionga kelib qo‘llab turgan muxlislarga rahmat. Birinchi o‘yindagi durangdan so‘ng g‘alaba qozonishimiz shart edi. Ilk o‘yinga ko‘p to‘xtalmayman. Sababi, oldimizda Avstraliyaga qarshi uchrashuv bor. Bu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim.

- Avstraliyaga qarshi qanday natija uchun o‘ynaymiz?
- Juda qiziq o‘yin bo‘ladi. Ular qog‘ozda kuchli bo‘lishi mumkin. Ammo hammasi o‘yinda hal bo‘ladi. Men jamoaga ishonaman. Bugun sifatli futbol ko‘rsatdik. Asosiy e’tiborimiz hujumga qaratilgandi va natijaga erishdik. Asosiysi shu.

Osiyo kubogida g‘alaba qozonish juda yaxshi. Bu orqali o‘zimga ishonch oshdi. Bu orqali professional futbolga kira boshladim. Kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati muhim. Bu yerda aqlan va jismonan kuchlilar to‘plangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev: Ular qog‘ozda kuchli bo‘lishi mumkin, ammo...