07:39 / 19.01.2024
192

Jaloliddin Masharipov: "Ikkinchi bo‘limdayoq Avstraliyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yubordik"

Jaloliddin Masharipov: "Ikkinchi bo‘limdayoq Avstraliyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yubordik"

Osiyo kubogining 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Hindiston uchrashuvidan keyin terma jamoamiz yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun yaxshi o‘yin bo‘ldi. Birinchi o‘yinda hayajon kuzatilgandi. Hatto Hindistonga qarshi o‘yindan avval ham biroz vahima kuzatildi. Yigitlar xotirjamlikni yo‘qotgani yo‘q. Ilk turda g‘alaba qozona olmaganimiz uchun muxlislar tanqid ham qilishdi. Avstraliyaga qarshi uchrashuvda ham ishqibozlarni xursand qilishga harakat qilamiz. Bizda ichki muhit a’lo darajada. O‘yindan o‘yinga yaxshilanib boraveramiz.

O‘yin tempini pasaytirishni murabbiy so‘ramadi, lekin o‘yindan kelib chiqib, shunday qildik. Ikkinchi bo‘limdayoq Avstraliyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yubordik.

Plef-offdagi bo‘lg‘usi raqiblar to‘g‘risida o‘ylab ko‘ryapmiz. Muxlislarga biz bilan bo‘lishini so‘rab qolaman. Biz sizlar uchun o‘ynaymiz. Xudo xohlasa, kubok bilan ortga qaytamiz", — dedi Masharipov.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov: "Ikkinchi bo‘limdayoq Avstraliyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yubordik"