O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining ikkinchi turida Hindistonni mag‘lub etdi (3:0). Mazkur uchrashuvdan so‘ng "Mikst Zona"da Jamshid Boltaboyevga yuzlandik.
"Hindiston birinchi bo‘limda ham yaxshi harakat qildi. Biz o‘zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalandik. Mahoratdagi farq ham sezildi. Ularda deyarli yaqqol vaziyatlar bo‘lmadi. Natija yaxshi bo‘ldi", - dedi Jamshid Boltaboyev.
- To‘g‘risini aytganda, murabbiy Osiyo Kubogida imkoniyat beradi, deb o‘ylaganmidingiz?
- Bugungi o‘yinda maydonga tushishimni kutmagan edim. Birinchi bo‘limda 3:0 hisobi bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda hujumkor futbolchilarni tushiradi, deb o‘ylagan edim.
- Uchinchi turda raqib - Avstraliya. Bizga ikkinchi o‘rin ham qulaydek ko‘rinmoqda. Musobaqani davom ettirish uchun sizning fikringiz qanday?
- Birinchi o‘ringa harakat qilamiz. Avstraliya bilan durang yoki yutqazish uchun maydonga tushmaymiz. Imkoniyatlar 50/50. Hammasi o‘z qo‘limizda. Barcha jamoaga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, o‘ynasa bo‘ladi.
- Avstraliya tarkibdagi Irvinning evaziga ko‘p ochkolarga ega chiqmoqda. Avstraliyaga taktik jihatdan qanday tayyorgarlik ko‘ryapsizlar?
- Avstraliyaning o‘yinini jamoa bo‘lib hali ko‘rmadik. Hindiston, Suriya bilan o‘yinlarini o‘zimiz kuzatdik. Ko‘pchilik o‘ziga xulosa qildi. Ular yevropacha uslubda o‘ynaydi. Murabbiylar bilan o‘rganib chiqib, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ramiz.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring