Livan termasi bosh murabbiyi Miodrag Radulovich: "Barchasi o‘z qo‘limizda edi. Juda alamli holat"
Osiyo kubogi-2023 "A" guruh 3-tur doirasidagi Tojikiston — Livan o‘yinidina so‘ng livanliklar bosh murabbiyi Miodrag Radulovich matbuot anjumanida qatnashdi va alamli mag‘lubiyatga izoh berdi.
- O‘yin haqida nima deya olasiz?
- O‘yin qiyin bo‘ldi. Juda alamli. Barchasi o‘z qo‘limizda edi. Vaziyatni nazorat qilayotgandik, gol ham urgandik. Qizil kartochka barcha rejalarimizni buzib yubordi.
- VAR orqali aniqlangan qizil kartochka bo‘yicha fikringiz qanday? Sizningcha qizil kartochka bormidi?
- Bilmadim. VAR bizni ikki goldan saqlab qolganini ham ta’kidlash joiz. To‘g‘risi, bir kishi kam bo‘lib o‘ynash juda qiyin bo‘ldi. Shu holatda ham 100% lik vaziyat yaratdik. Mag‘lub bo‘lishga loyiq emasdik.
- Qizil kartochkadan so‘ng tushunarli, ammo nega bu holatgacha hujum qilmadingiz?
- Kurashlarda men o‘yinchilarni boshqara olmayman. O‘yinni nazorat qilayotgandik, hammasi bizning qo‘limizda edi. Qizildan keyin hammasini boy berdik. Shu holatda ham yuz foizlik vaziyat yaratdik. Qatar va Xitoyga qarshi o‘yinda ham shunday bo‘lgandi, ammo endi kech. Tojikiston darvozaboni juda ko‘p vaziyatlarda qutqardi. Raqibni tabriklayman.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring