23:48 / 22.01.2024
203

Avstraliya termasi futbolchisi: "O‘zbekistondan ochiq o‘yin kutyapmiz. Bu biz uchun ham qulay"

Avstraliya termasi futbolchisi: "O‘zbekistondan ochiq o‘yin kutyapmiz. Bu biz uchun ham qulay"

Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi uchinchi turida Avstraliyaga qarshi guruh g‘olibini aniqlab beruvchi uchrashuvda maydonga tushadi.

Avstraliya terma jamoasi yarim himoyachisi Ayden O'Nil O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi. Himoyachining fikricha, Avstraliya ertaga O‘zbekistonni mag‘lub qilish yo‘lini topadi.

"Kundek ravshanki, biz Osiyo kubogini qo‘lga kiritmoqchimiz. Fikrimcha, O‘zbekiston biz bilan oldingi raqiblarimizga qaraganda ochiqroq o‘yin ko‘rsatadi. Dastlabki ikki uchrashuvda Hindiston va Suriya chuqur himoyada o‘ynagandi. Biz esa bu uchrashuvlarda ularning himoyasini yorib o‘ta oldik va natijaga erishdik.

Bu safar esa men O‘zbekistondan biroz ochiq o‘yin kutyapman. Raqibning bu uslubda harakat qilishi biz uchun ham qulay. O‘zbekiston bizga qarshi ko‘proq pressing qiladi deb o‘ylayman. Raqib bu ishni biz kabi bajarishga harakat qilsa, ularni jazolab qo‘yamiz.

Tarkibimiz eng kuchlilardan Avstraliya terma jamoasi bilan birinchi xalqaro sovrinimni yutmoqchiman. Rostini aytsam, har bir lahzadan bahra olyapman. Har bir uchrashuvda birma-bir g‘alaba qayd etib boramiz. Bu jamoamizning mentaliteti", - Ayden O'Nil


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Avstraliya termasi futbolchisi: "O‘zbekistondan ochiq o‘yin kutyapmiz. Bu biz uchun ham qulay"