
Qarshining "Nasaf" jamoasi ayni paytda Antaliyada yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
"Ajdarlar" tarkibini bir qator mahoratli futbolchilar bilan kuchaytirish barobarida sobiq futbolchilarini ham ortga qaytarmoqda. Sharof Muhitdinov jamoa bilan birga mashg‘ulotlarda qatnashmoqda va nazorat o‘yinlarida maydonga tushmoqda.
Yana bir ma’lumot, Bobir Abdixoliqov ham "Nasaf"ga o‘tishga yaqin turibdi. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov Ro‘ziqul Berdiyev bilan bog‘landi va bu borada uning fikrini oldi.
- Yig‘inda qatnashayotgan Sharof Muhitdinov "Nasaf"da qoladimi?
- Sharof masalasida shuni aytishim mumkinki, "Nasaf"da o‘ynash ishtiyoqi borligini ma’lum qildi va biz buni mamnuniyat bilan qabul qildik. Sharof talablarimizni yaxshi biladi. Universal futbolchi, deya olaman. Bir nechta pozitsiyada o‘ynay oladi. Bunday tipdagi futbolchilar bizga ham zarur. O‘ylaymanki, mavsum davomida Sharof biz bilan birga bo‘ladi.
- "Nasaf" yana bir sobiq futbolchisi Bobir Abdixoliqovni ortga qaytarishi mumkinligi haqida xabar chiqdi...
- Rejamizda. Aniq bo‘lgach batafsil ma’lumot beramiz. Darajamizni yuqoriga olib chiqdik. Endi yanada yuqoriga qarab yurishni istaymiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar