Barchaga yaxshi ma’lum, ayni paytda dunyoda jangovar yakkakurash sport turlari orasida MMA (aralash jang san’ati) shiddat bilan rivojlanib, aksariyat sport ishqibozlari diqqat e’tiboriga tushmoqda.
Bugungi kunga kelib Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi (IMMAF) xavaskor MMA dunyosining boshqaruv tashkiloti bo‘lib 123 ta a’zo davlatni o‘z ichiga oladi.
IMMAF va UFC o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan IMMAF xavaskorlar o‘rtasidagi musobaqalarda o‘zini yaxshi natijalari bilan tanitkan sportchilar UFC bilan professional shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xabar berganimizdek, joriy yil O‘zbekistonda ilk bor aralash jang san’atlarining havaskorlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqa oldidan Xalqaro aralash jang san’atlari (IMMAF) federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun shuningdek Bosh ijrochi direktori Densin Uayt hamda tashkilotning Osiyo qit’asi direktori Vissam Abi Nader janoblari bugun tongda yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi tomonidan kutib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”