183
Osiyo Kubogi. Tojikiston keyingi bosqichda, penaltilar seriyasida BAA ustidan g‘alaba qozondi!
Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan Tojikiston — BAA uchrashuvi 28 yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Tojikiston futbolchisi Vahad Hanonov hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim ham deyarli teng kurashlar ostida kechdi. O‘yin oxiriga kelib esa BAA hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Xalifa al-Hammadi uchrashuv qo‘shimcha bo‘limlarda ham davom etishini ta’minladi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda esa darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.
Penaltilar seriyasida Tojikiston 5:3 hisobida zafar quchib, debyut musobaqasidayoq chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Tojikiston keyingi bosqichda Iroq—Iordaniya juftligiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo Kubogi
1/8 final bosqichi
28 yanvar, yakshanba
Tojikiston — BAA 1:1 (5:3)
Gollar: 1:0 – 30 Hanonov, 1:1 – 90 al-Hammadi.
Penaltilar seriyasi: 5:3
Tojikiston: Yatimov, Safarov, Hanonov, Jurabayev, Nazarov, Umarbayev (Davlatmir, 85), Panjshonbe, Shukurov, Jalilov (Hamrokulov, 72), Samiyev (Soirov, 72), Mabatshoyev (Muhammadjon, 85).
BAA: Essa, Hashemi (Idris, 46), al-Hammadi, Abdelaziz, Ramadan (Salmin, 16; Saleh, 61), Nader (Rashid, 73), al-Zaabi (Salmin, 90), Sultan (Ibragim, 61), Fabio Lima, Kayo, al-Gassani.
Ogohlantirishlar: al-Gassani (69), al-Zaabi (84), Hamrokulov (116).
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”