292
Tailand termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston juda kuchli himoyaga ega jamoa. O‘yinga 100% tayyormiz"
Osiyo kubogi 1/8 finali doirasidagi O‘zbekiston - Tailand o‘rtasidagi uchrashuvidan oldin tailandliklar bosh murabbiyi Masatada Ishi va futbolchi Elias Dola matbuot anjumanida qatnashishdi.
- Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi va futbolchi Elias Dolaning O‘zbekistonga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari qanday?
Masatada Ishi: - Musobaqadan oldin asosiy vazifamiz pley-off yo‘llanmasi edi. Keyingi bosqichga chiqish vazifasini bajardik. Endi oldinda yangi sinov bor. Ertangi o‘yinga 100% tayyormiz.
Elias Dola: - Uchrashuvga to‘liq tayyormiz, deb ayta olaman. Barcha jarohatlangan o‘yinchilar safga qaytishdi. O‘zbekistonga qarshi sinovga shaymiz.
- Janob murabbiy, Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan keyin O‘zbekiston haqida gapirishga erta deb aytib o‘tdingiz. Hozir esa raqib haqida gapiradigan payt keldi. O‘zbekiston terma jamoasining kuchli jihatlari aynan nimada? Raqibni analiz qildingizmi?
Masatada Ishi: - Albatta, O‘zbekiston juda kuchli himoyaga ega jamoa. Ularga bo‘sh zonalar qoldirish juda xavfli. Biz bu narsaga yo‘l qo‘ya olmaymiz.
- Savolim o‘yinchiga, bu turnirda birorta gol o‘tkazmadingiz. Biroq, pley-off bosqichidagi raqiblar boshqa darajada. O‘zbekistonga qarshi o‘yinda qanday harakat qilmoqchisiz?
Elias Dola: Ertangi o‘yinda qilishimiz kerak bo‘lgan asosiy ish - gol o‘tkazmaslik. Murabbiyimiz qanday o‘ynash kerakligini aniq belgilab berdi. O‘yindan oldin ishonchimiz yuqori. O‘zbekistonga qarshi rejamiz aniq. Maqsadimiz keyingi bosqichga yo‘l olish.
- Savolim futbolchiga. Guruh bosqichi o‘yinlari nisbatan oson edi. Bu safargi raqib - O‘zbekiston terma jamoasi. Bu o‘yin oldingilaridan qanchalik qiyin bo‘lishi mumkin?
Elias Dola: Guruhdagi raqiblarning barchasi FIFA reytingida bizdan yuqorida edi. Yakunda guruhdan chiqa oldik. O‘zbekiston ham reytingda bizdan ancha balandda joylashgan. Bizni xursand qiladigan narsa shuki, butun tarkibimiz o‘yinga tayyor. Biz bu o‘yinda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olishimizga ishonaman.
- Janob murabbiy, ertaga tajribali himoyachi Theraton Bunmatan safga qaytadi. Uning maydonga tushishi jamoaga qanchalik yordam beradi?
Masatada Ishi: - Albatta, Bunmatanning tarkibda bo‘lishi juda katta foyda beradi. Tailandda u kabi tajribali o‘yinchilar sanoqli. U jamoadagi eng muhim o‘yinchilardan biri. Umuman olganda, bu musobaqada bir butun bo‘lib harakat qilyapmiz.
- Janob murabbiy, guruh bosqichida gol o‘tkazmadik, ammo uchta o‘yinda ikkita gol urganimizni ham unutmaslik kerak. Bu ikki gol ham birinchi o‘yinda urildi. O‘zbekistonga qarshi o‘yindan oldin biror o‘zgarishni amalga oshirmoqchimisiz?
Masatada Ishi: - Guruh bosqichi o‘yinlarida darvozabon va himoya chizig‘imiz ajoyib harakat qildi. Biroq, hozir nimchorak finaldamiz. Daraja umuman boshqa. O‘zbekistonga qarshi o‘yinda guruhdagi o‘yinlarga qaraganda boshqacha harakat qilamiz.
- Savolim futbolchiga, bosh murabbiy musobaqadagi eng asosiy vazifani bajardik deb aytdi. Asosiy maqsadga erishilgach, jamoani qaysi yo‘l bilan ruhlantirish mumkin?
Elias Dola: - O‘zimdan kelib chiqsam, men o‘zimni osonlik bilan ruhlantira olaman. Doha kabi ajoyib shaharda uzoqroq qolmoqchiman. Maqsadimiz aniq. Fikrimcha, tarkibdagi barcha o‘yinchi men kabi fikrlasa kerak. Murabbiy bizga, biz murabbiyga to‘liq ishonamiz. Qatarda ko‘proq o‘yin o‘tkazishni niyat qilganmiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”