Osiyo kubogi-2023 1/8 final doirasidagi Tailand (2:1)ga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Abbos Fayzullayev bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Butun O‘zbekiston xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, Tojikiston va Qirg‘izistondan qo‘llab-quvvatlaganlarga ham rahmat.
O‘yinga kelsak, unga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik va taktik jihatdan raqibni yaxshi o‘rgangandik. Bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdik deb o‘ylayman. Asosiysi g‘alaba va keyingi bosqichga chiqqanimiz.
1:1 bo‘lgan vaziyatdagi bosim? Unchalik bosim bo‘lmadi, bu o‘yinda bo‘lib turadigan holat va asosiysi to‘xtab qolmaslikdir. Biz esa harakat qildik va ikkinchi golni urishga erishdik.
Qatarga kelsak, Qatar juda yaxshi jamoa, o‘yinchilari ham individual jihatdan kuchli. Afif va Al Haydos kabi juda yaxshi o‘yinchilarga ega. Qatarga qarshi juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi deb o‘ylayman. Oldimizdagi har bitta o‘yinni yutmoqchimiz", — deydi Tailandga qarshi o‘yin qahramoni. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi