338
Srechko Katanes: "Bugungi o‘yinimizdan qoniqdim, kimdir qoniqmagan bo‘lsa, bu ularning muammosi"
Osiyo kubogi nimchorak finil bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Tailand uchrashuvidan so‘ng milliy jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes matbuot anjumanida qatnashdi.
- Abbosbek, o‘yin haqidagi fikringiz qanday?
- Barcha o‘zbek xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Ular g‘alabaga loyiq edilar. Stadionda va TV orqali bizni ko‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. Shu sabab ham ular uchun borimizni berdik va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik.
- Abbosbek, bugun ham hujumchisiz o‘ynadik. Siz o‘yin davomida o‘z pozitsiyangizni o‘zgartirib turdingiz. Bu sizga qiyinchilik tug‘dirmadimi? O‘zingizga qulay pozitsiyada o‘ynaganingizda balki yaxshiroq harakat qilardingiz?
- Asosiysi jamoaga yordam berish. Bugun oldindagi uchlik yaxshi harakat qildi. Pozitsiyalarni tez almashtirganimiz uchun tailandlik himoyachilar chalg‘ib qolishdi. Bu taktika juda foydali bo‘ldi deya olaman.
- Abbosbek, o‘yinning boshida sizni ikki marta qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Hakam esa bunga e’tibor bermadi. Bu sharoitda o‘ynash sizga qiyin emasmi? O‘yin oxirida nega almashtirildingiz? Charchoq sababmi yoki taktik qaror tufayli?
- Yoshligimdan shunga o‘rganib qolgan. Rahmatli tog‘am doim menga agar yuqori darajada o‘ynamoqchi bo‘lsang, har doim xarakter ko‘rsatishing kerak derdilar. O‘yin oxirida charchab qoldim. Mening o‘rnimga yangi futbolchi tushgani yaxshiroq edi.
- Abbosbek, keyingi raqibimiz Qatar. Qatar ham Tailand kabi ikkita markaziy himoyachi bilan o‘ynaydi. O‘yin haqida fikringiz qanday?
- Qatarga qarshi o‘yin juda qiziqarli bo‘ladi, chunki ular o‘z uylarida o‘ynashadi. Hozir tiklanish jarayonini to‘g‘ri o‘tkazish. Ertadan Qatarga qarshi o‘yinga tayyorlanishni boshlaymiz.
Abbosbek Fayzullayevga barcha savollar berilgach, matbuot anjumani Srechko Katanes bilan davom ettirildi.
- Srechko Katanes, o‘yin haqidagi fikringiz qanday?
- O‘yin menga juda yoqdi. Futbolchilarimning harakatidan qoniqdim. Ular yaxshi harakat qilishdi. Muxlislarga rahmat, ularni xursand qildik deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limda bir necha gol kiritishimiz mumkin edi. Keyingi o‘yinda bugungi kabi imkoniyatlarni ko‘kka sovursak, keyingi bosqichga o‘tishimiz qiyin bo‘ladi.
- Janob murabbiy, Qatarga qarshi o‘yin haqida nimalar deya olasiz?
- Qatar o‘tgan Osiyo kubogida yutqazmagan. Bu safar ham ular faqat g‘alaba qozonish uchun o‘ynashadi. Men o‘z jamoamga ishonaman. Ularning harakatlaridan qoniqmoqdaman. Bugun ham o‘yindan oldin bizda ba’zi muammolar bor edi. Ko‘p futbolchilarda qandaydir virus bor edi. Shukurov ham aynan shu sabab o‘yinni o‘tkazib yubordi. Biz shu holatda ham yaxshi o‘ynadik. Nega Qatarni hayron qoldira olmasligimiz kerak?
- Janob murabbiy, g‘alaba bilan tabriklayman. Ko‘p futbolchilar jarohat olishmoqda. Bugun Otabek Shukurov shamollab qolgani haqida xabar chiqdi. Qatar juda issiq davlat, bu qanday bo‘lgani qiziq. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mas’ul shaxslar yoki doktorlar ishidan qanchalik qoniqmoqdasiz?
- Hammasi yaxshi. Ularning ishidan qoniqyapman.
- Bugun jamoaning birinchi bo‘limdagi o‘yini yaxshi chiqdi. Avvalroq, bo‘yi pastroq o‘yinchilarga ishonmayman deb aytgandingiz. Bugun ikkinchi bo‘limda juda ko‘p bo‘yi past o‘yinchilar maydonga tushdi. Shu haqida fikringiz qanday. Ikkinchi savolim, Sergeyev jarohat olganda ham, bugun ham Amonov va Abdixoliqovdan foydalanmadingiz. Nega hujumchilarni maydonga tushirmayapsiz?
- Fikrimcha, siz bugungi g‘alabimizdan xursand emasdek taassurot qoldiryapsiz. Hujumchisiz o‘ynagan bo‘lsak ham oldindagi uchta o‘yinchi bugun yaxshi harakat qildi. Sal kamtarroq bo‘laylik. Terma jamoa ichkarisidagi muammolarni ko‘pchilik bilmaydi. Biz dunyoning eng zo‘r jamoasi emasmiz. Bugungi g‘alabamizdan qoniqishingiz kerak. Ishoning, bu oson emas. Oxirgi payt futbolchilarimizda o‘yin amaliyoti kam edi. Masharipov oxirgi olti oy ichida qancha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganini bilasizmi? Shunday holatdan keyin uning bugungi ko‘rsatgan o‘yini oldida shlyapamni yechaman. Ba’zida, Braziliya yoki Argentina terma jamoasi murabbiyimanmi deb o‘ylab qolaman. Hozir imkoniyatlarimizdan kelib chiqib harakat qilyapmiz. Sal kamtarroq bo‘lishimiz kerak.
- Janob murabbiy, ayni damda qancha o‘yinchi jarohat sabab o‘ynay olmayapti?
- Yaxshi savol. Bilasizmi Eronga qarshi o‘tkazilgan JCH saralashi doirasidagi o‘yindagi asosiy tarkibdan Shomurodov, Sergeyev, Aliqulov, Alijonov va Nasrullayev bugun maydonga tushishmadi. Ularning barchasi asosiy tarkib o‘yinchilari. Shomurodovni jamoaga dalda bo‘ladi deya qaydnomaga kiritmoqchi edik, ammo "Kalyari" bunga ruxsat bermadi. Men o‘z ishimni juda yaxshi bilaman. Futbol bu shunchaki o‘yinchilarni pozitsiyalarga joylashtirib chiqish emas. Men bugun qayd etgan natijamizdan mamnunman. Yuqorida sanalgan o‘yinchilarning birortasi Qatarga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.
- Terma jamoada debyut qilgan Diyor Xolmatovning o‘yini haqida gapirsangiz...
- Diyor bugun juda zo‘r o‘ynadi. Aynan uning harakatlari sabab maydon markaziga kelgan ikkinchi to‘plarning deyarli barchasiga ega chiqdik. Diyor texnik jihatdan juda kuchli. Uning kelajagi porloq. Terma safida Zafarmurod, Abduqodir va Abbosbek kabi yosh o‘yinchilar o‘ynashmoqda. Bu albatta yaxshi.
- Qatarga qarshi qanday taktika tanlaysiz? Ularning himoyasi juda kuchli. Balki bu o‘yinda bizga hujumchi kerak bo‘lar?
- O‘yinda ko‘rasiz. Qatarda ikkita juda kuchli o‘yinchi bor. Ular uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynashadi. Kecha ikkita himoyachi bilan o‘ynashga o‘tishlari bilan muammoga duch kelishdi. Biz ham bu o‘yinda har xil o‘yin ko‘rsatamiz. Men o‘rtadagi balansni topishim kerak. Men terma jamoa taktikasi bilan hazillasha olmayman. Bugun men o‘yinimizdan qoniqdim, kimdir qoniqmagan bo‘lsa, bu ularning muammosi. Men o‘yindan oldin motivatsiya berishni yoqtirmayman. Lekin bugun yigitlarga o‘yindan oldin birinchi navbatda o‘z o‘yinlaridan qoniqish hosil qilishlari kerakligini tushuntirdim. O‘yinchilar o‘z maksimumlarida harakat qilishsa, muammo bo‘lmaydi. Mag‘lub bo‘lamizmi, g‘alaba qozonamizmi, OAV buni ikki kun yozadi. Keyin hammasi unutiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”