Italiyada qishki transferlar oynasi hal qiluvchi pallaga kirdi. A Seriya klublari 1 fevral kuni kechgacha transfer bo‘yicha yakuniy harakatlarini amalga oshirishga ulgurishi kerak. Italiya futbolini yoritayotgan manbalarda keyingi paytda Eldor Shomurodovning ham nomi paydo bo‘la boshladi.
Avvaliga 28 yoshli forvardga Italiyadagi ilk jamoasi – “Jenoa” qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar chiqqan edi. Genuyaliklarning qiziqishi hali ham so‘nggani yo‘q, biroq ish hali rasmiy taklif darajasiga ko‘tarilmadi.
Yaqinda “Kalyari” rahbariyati sport direktori Bonato “Roma” vakillari bilan ikki futbolchi oldi-berdisini gaplashayotgani haqida xabarlar tarqatildi. Unga ko‘ra, sardiniyaliklar yarim yilda birorta gol ura olmagan Eldor Shomurodovni Rimga qaytarib, o‘rniga “bo‘rilar”ning jarohatdan endigina qutilgan markaziy himoyachisi Marash Kumbullani olishni rejalashtirgan.
Qishki transferlar yakunlanishiga juda oz fursat qolgan paytda endi “Salernitina” yuzaga kelgan foydalanib qolmoqchi. A Seriyada joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan bu jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishga e’tibor qaratgan.
- Eldor Shomurodovning “Kalyari”dagi kelajagi har doimgidek mavhum bo‘lib turibdi. O‘zbek hujumchisi mavsum boshidan beri Sardiniyada klubida o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q, hozir esa, jarohat tufayli o‘ynamayapti.
Shunga qaramay, Shomurodovning bozori chaqqon. “Jenoa”dan keyin 28 yoshli forvarga “Salernitana” og‘iz solmoqda. Bu jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qilgan. Bu o‘zgarish qishki transfer oynasi yopilmay turib amalga oshirilishi mumkin, - deb yozmoqda Corriere dello Sport.
“Salernitana” A Seriyada so‘nggi pog‘onani egallab turibdi. Bosh murabbiy Filippo Indzagi ixtiyorida yetti nafar hujumchi bor. Biroq ular orasida senegallik Bulaye Dia 13 ta uchrashuvda to‘rtta to‘p kiritgan xolos. Asosiy tarkib o‘yinchilari hisoblangan legioner hujumchilar – Jovane Kabral, Chukvubuykem Ikvuyemesi va Lum Chauna muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganiga qaramay, atigi bittadan to‘p kiritgan.
Nigeriyalik Simi yettita uchrashuvda o‘z hisobiga bitta gol yozdirgan bo‘lsa, norvegiyalik Erik Butxeym hamda yamaykalik Trivante Styuart hali gollari hisobini ochgani yo‘q.
“Salernitana” chempionat doirasida 22 ta uchrashuvdan faqat ikkitasida zafar quchgan, olti marotaba durang o‘ynab, eng ko‘p 14 ta bellashuvda raqiblarga imkoniyatni boy bergan. 12 ochko bilan so‘nggi qatorga tushib qolgan salernoliklar bir pog‘onada yuqorida turgan “Empoli”dan besh ochkoga ortda qolmoqda.
Shu bois, klub rahbariyati tarkibda o‘zgarish qilishni rejalashtirmoqda.
“Salernitana” muxlislari Shomurodovni yaxshi biladi. Hujumchimiz A Seriyadagi so‘nggi golini o‘tgan yili 2 aprelda aynan mana shu jamoa darvozaboni Gilermo Ochoa darvozasiga joylagan edi.
O‘shanda legionerimiz “Spetsiya” klubi sharafini himoya qilardi. Shundan beri Eldor Italiya chempionatida gol ura olgani yo‘q. Demak, transfer bozori yakunlanishi arafasida Eldor Shomurodov faoliyatida o‘zgarish bo‘lib qolishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”