Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogida Markaziy Osiyodan mintaqasi vakillari – O‘zbekiston va Tojikiston chorak finalga chiqdi. Bu ikki mamlakat futbol ishqibozlari Qatarda bir birlarini terma jamoalarini ham qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
O‘zbekiston futbolchilari qit’a chempionatlarida sakkizinchi marotaba ishtirok etayotgan bo‘lsa, debyutini nishonlagan tojikistonliklar ilk urinishda chorak finalga chiqib sensatsiya ko‘tardi.
Tojikiston terma jamoasining sobiq futbolchisi, o‘tgan yili “Istiqlol” jamoasiga bosh murabbiylik qilgan Igor Cherevchenko Rossiyaning “Sport Ekspress” nashriga bergan intervyusida Eldor Shomurodov haqida ham gapirdi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga tojikistonlik mutaxassisning fikrlarini havola etadi.
— Tojikiston terma jamoasi muvaffaqiyatlaridan hayron bo‘lganim yo‘q. O‘yinchilarning nimalarga qodirligini bilaman. Murabbiylar shtabi ham yaxshi tanlangan. Uchrashuvlarni bevosita tomosha qildim va bu terma jamoa hech qaysi raqibga bo‘sh kelgani yo‘q.
Hatto Qatarga 0:1 hisobida boy berilgan uchrashuvda ham o‘yin tengma-teng bo‘ldi. O‘sha golni hakam bekor qilishi uchun yetarli asoslar bor edi. Shunday qilganida mag‘lubiyat bo‘lmasdi.
Tojikiston Birlashgan Arab Amirliklari to‘sig‘idan ham adolatli tarzda o‘tdi. Arab futbolchilari umuman nima qilishni bilmay qolgandek tasavvur uyg‘ondi. Aslida hisob 3:0 bo‘lishi kerak edi.
Terma jamoa hisobda oldinda borayotganda ham “yopiq” o‘yin ko‘rsatmaydi. Raqib himoyalanishga majbur qilishi mumkin, lekin Tojikiston qarshi hujumlar uyushtirishga e’tibor qaratadi, oldingi chiziqda muammo tug‘diradi. BAAga qarshi bahsda terma jamoamiz juda yaxshi o‘ynadi, deb hisoblayman.
Terma jamoa o‘yinchilari orasida Rustam Yatimov Rossiya Premer-ligasida o‘ynay oladi. U Rossiyaning har qanday jamoasiga muammosiz qo‘shila oladi. Markaziy yarim himoyachi Alisher Jalilovni ham tavsiya qilishim mumkin. U ilgari “Rubin”, “Nefteximik” va mening qo‘l ostimda “Baltika”da ham o‘ynagan va yaxshi taassurot qoldirgan.
— Tojikiston terma jamoasida O‘zbekiston terma jamoasi va SSKA fubolchisi Abbosbek Fayzullayevning iste’dodli darajasidagi o‘yinchi bormi?
— Bu haqida darrov fikr bildirish va birdaniga ularni solishtirish juda qiyin ish. Ba’zan murabbiylar, mutaxassis bir futbolchiga e’tibor qaratadi. Amalda esa, umuman kutilmagan o‘yinchi porlaydi. Taqqoslash uchun izchil kuzatish kerak. Bu sekin bo‘ladigan jarayon.
— Markaziy Osiyo terma jamoalarida “yangi Shomurodovlar” bormi?
— Yo‘q. Afsuski hozir bunaqasini ko‘rganim yo‘q. Iste’dod uchqunlari ko‘rinayotgan futbolchilar bor, lekin ular kelajakda Eldor Shomurodov darajasiga yetadi, deya olmayman.
Osiyo kubogining chorak finalida O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqa mezbonlari – Qatar futbolchilari bilan kuch sinashsa, tojikistonliklar Iordaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”