317
Takexiro Tomiyasu Koreya Respublikasining Yaponiyadan qo‘rqqani haqidagi savolga javob qaytardi
Yaponiya terma jamoasi va "Arsenal" klubi himoyachisi Takexiro Tomiyasu Bahraynga qarshi o‘yinlan keyin OAV xodimlariga, shu jumladan Championat.asia jurnalistiga kichik intervyu berdi.
- Jismoniy holatingiz ayni damda qanday? Guruh bosqichidagi ilk o‘yinni jarohat sabab o‘tkazib yuborgandingiz, ikkinchi o‘yinda esa zaxiradan maydonga tushdingiz...
- Hozirgi holatim yaxshi. Keyingi o‘yinga 100% tayyorman.
- Juda ko‘pchilik Koreya Respublikasi Yaponiya terma jamoasiga duch kelishdan qo‘rqqani haqida gapirdi. Siz bu fikrga qanday qaraysiz?
- To‘g‘risini aytsam, bu haqda aniq fikr bildira olmayman. Koreya Respublikasi juda yaxshi terma jamoa. Yaponiyaga kelsak, biz faqat o‘z jamoamizga e’tibor qaratamiz. Koreya yoki boshqa jamoalar haqida faqat o‘zaro to‘qnash kelsakkina o‘ylashni boshlaymiz. Bor e’tiborimiz oldindagi bitta o‘yinda bo‘ladi. Boshqa jamoalarga chalg‘imaymiz.
- Sport formangiz avvalgi holatga qaytishga ulgurdimi?
- Ha, Osiyo kubogidagi birinchi o‘yinni o‘tkazib yubordim. Hozir sport formam yaxshilanib bormoqda.
- Yaponiya bugun "quruq" o‘yin o‘tkazishi mumkin edi. Shu haqda fikringiz qanday?
- Har bir himoyachi o‘yinni golsiz yakunlashni istaydi. Nima bo‘lsa ham o‘yin ortda qoldi. Gol o‘tkazganimizdan afsusdaman. Keyingi uchrashuvda "quruq" o‘yin o‘tkazishga harakat qilaman. Jamoa sifatida eng yaxshi holatda emasmiz. Bugun guruh bosqichidan ko‘ra ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda bu narsa kuzatildi.
- Mitomaning jamoaga qaytishi Yaponiyaga qanchalik foyda beradi? U asosiy tarkibda maydonga tushsa, jamoa ancha kuchli harakat qiladimi?
- Albatta. Mitoma bugun 20 daqiqacha o‘ynadi. O‘ylaymanki, keyingi bosqichda u to‘liq uchrashuv o‘tkaza oladi. Mitoma jamoaning eng kuchli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Keyingi o‘yin qiyin bo‘lishi aniq.
Jalolxon Inog‘omxo‘jayev
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”