17:07 / 01.02.2024
431

Qatar bilan bahs oldidan yo‘qotishlar haqida ma’lumot berildi

Qatar bilan bahs oldidan yo‘qotishlar haqida ma’lumot berildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi 1/4 final o‘yiniga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Rasmiy xabarga ko‘ra, Otabek Shukurov hamda Umar Eshmurodov respirator kasallik natijasida biroz betobligi sabab so‘nggi mashg‘ulotda ishtirok eta olmagan. Shifokorlar ikkala futbolchimiz bo‘lajak o‘yinga qadar tuzalib, safga qaytishini ma’lum qilmoqda.

Afsuski, Sherzod Nasrullayevning jarohatdan to‘liq tiklanishi qiyin kechmoqda va u turnirda ishtirokini davom ettira olmaydi. Tibbiy shtab, murabbiylar, klubdagi shifokorlar bilan maslahatlashgan holda Nasrullayevning muolajalarni O‘zbekistonda davom ettirishiga ruxsat berildi.

Igor Sergeyev O‘FA taklifiga ko‘ra AQSHlik taniqli jarroh, doktor Zikria Bashir tomonidan «Aspetar» klinikasida operatsiya qilindi. Shifokorlarning dastlabki taxminlarga ko‘ra, futbolchimiz to‘liq tiklanishi uchun 8 oy atrofida vaqt talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shomurodov va Aliqulov turnirda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘lgandi. Abduqodir Husanov esa Qatar bilan bahsni kartochkalar sabab o‘tkazib yuboradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar bilan bahs oldidan yo‘qotishlar haqida ma’lumot berildi