23:30 / 01.02.2024
646

Aniq chorlov bor: Fayzullayevga Yevropaga ketish yo‘lini o‘rgatishdi

Aniq chorlov bor: Fayzullayevga Yevropaga ketish yo‘lini o‘rgatishdi
Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogi oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov og‘ir jarohat olgani katta yo‘qotish sifatida baholangan edi.

Murakkab vaziyatda terma jamoaga yetakchilik qilish mas’uliyatini kutilganidek Abbosbek Fayzullayev o‘z zimmasiga oldi. SSKA klubida bo‘lganidek, Abbosbek terma jamoada ham avvaliga zaxira o‘yinchisi sifatida Suriya bilan bo‘lgan uchrashuvda maydonga keyinroq tushirildi. Biroq u qisqa fursatda jamoamiz o‘yinida ijobiy o‘zgarish qilib, o‘rni asosiy tarkibda ekanini isbotlab qo‘ydi.

Ayni paytda Rossiya futboli ekspertlari Osiyo kubogida porlayotgan Abbosbek Fayzullayevni Yevropaning kuchli ligalariga o‘tish imkoniyatini tahlil qilmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga rossiyalik futbol mutaxassislarning Fayzullayev haqidagi fikr-mulohazalarini havola etadi.

Dmitriy Xomuxa, SSKA va “Zenit” sobiq futbolchisi, futbol murabbiyi:
Abbosbek Fayzullayev Osiyo kubogida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatmoqda. Odatda, mintaqaviy musobaqalarda juda ko‘p skautlar futbolchilarni kuzatib boradi. SSKA yaqin orada Yevropaning eng kuchli chempionatlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri taklif olishi dargumon.

Men Abbosbekka Turkiya ligasidan jiddiy chorlovlar bo‘layotganini bilaman. Yevropada top-darajaga ko‘tarilish uchun avval kuchliroq chempionatda mahoratini namoyish qilish kerak. Turkiya Fayzullayev nazarga tushishi uchun yaxshi variant.

Agar narx va sifat uyg‘unligini inobatga olsak, Fayzullayev joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasidagi eng zo‘r transferlardan biri bo‘ldi. Abbosbek “armiyachilar”ning o‘yiniga rang-baranglik va shiddat olib kirdi. Mana shu nuqtayi nazardan Fayzullayev SSKA uchun katta transfer bo‘ldi.

Andrey Afanasev, SSKA sobiq futbolchisi:
Fayzullayevni SSKA uchun muvaffaqiyatli transfer sifatida e’tirof etish kerak. Abbos chempionatning birinchi qismini juda yaxshi darajada o‘tkazdi, maydonda o‘zini ko‘rsatdi, jamoaga katta yordam berdi va o‘zi ham samarali natijalar qayd etdi.

Agar Abbosbek mavsumning qolgan qismini ham shu darajada o‘tkazsa, SSKAning haqiqiy yetakchisiga aylanadi.

Jamoa yetakchisi bo‘lish oson emas. Buning uchun muntazam ravishda yuqori darajada o‘yin ko‘rsatish va jamoani o‘z ortidan ergashtirish lozim.

Yevgeniy Bushmanov, SSKA sobiq futbolchisi:
Fayzullayev juda qobiliyatli, iste’dodli yosh yigit. Mavsumning birinchi yarmida SSKA safidagi uchrashuvlarda nostantdart o‘ynay olish qobiliyatini ko‘rsatdi. Abbos o‘tkir paslar beradi, o‘zi ham gol ura oladi.

Eng avvalo, Fayzullayev o‘yin borasida cho‘qqiga chiqqan paytida uning transferi uchun qancha pul talab qilishga e’tibor qaratish kerak. Hozircha, Fayzullayevni eng yuqori darajaga chiqdi va uni sotish kerak, degan shoshilinch qarorlarga o‘rin yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev SSKA safida Premer-liga va Rossiya chempionatida 18 ta uchrashuvda ikkita gol va to‘qqizta assist qayd etdi.

Qatardagi Osiyo kubogida 20 yoshli futbolchimiz to‘rtta uchrashuvda o‘z hisobiga ikkita gol va bitta assist yozdirib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aniq chorlov bor: Fayzullayevga Yevropaga ketish yo‘lini o‘rgatishdi