
Mavsum boshida "Kalyari"ga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga o‘tgan Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishga juda yaqin keldi. Ammo bu transfer so‘nggi soatlarda barbod bo‘ldi.
A Seriyaning 20-o‘rinida borayotgan "Salernitana" klubi hujumchini mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olishga harakat qilib ko‘rdi. Dastlab, Jerom Boateng va Marko Pellegrinolarni o‘z safiga qo‘shib olgan jamoa Kabral "Olimpiakos"ga o‘tganidan keyin bitta strayker bilan shartnoma imzolashga harakat qildi.
Salernoliklar "Roma" bilan kelishuvga erishdi. Rimliklar terma jamoamiz sardorini "Kalyari"dan "Salernitana"ga o‘tkazishga qaror qildi, lekin sardiniyaliklar taklifga rad javobini berdi.
Shomurodovning o‘zi ham mavsum yarmida jamoasini o‘zgartirishga qarshi emasdi. Bundan oldin unga Italiyaning boshqa klublari ham qiziqish bildirdi. Ammo faol harakatlar bo‘lgani yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar