23:52 / 02.02.2024
781

Qatarlik jurnalist: "Ertangi uchrashuvda Qatar g‘alaba qozonadi, sababi..."

Qatarlik jurnalist: "Ertangi uchrashuvda Qatar g‘alaba qozonadi, sababi..."
Osiyo kubogi chorak final bahsida O‘zbekiston terma jamoasi mezbon Qatarga qarshi bahs olib boradi. Biz esa ertangi uchrashuvdan oldin taniqli qatarlik jurnalist Ali Salat bilan suhbatlashdik. Ali ertangi bahs va O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Ertaga "Al-Bayt" stadionida juda qiziqarli o‘yin guvohi bo‘lamiz. Chorak final bosqichida hech kim tavakkal qilishni istamaydi. O‘yin qanday kechishi va oldindan bir nima deyish qiyin. Jamoalarning darajasi ham deyarli teng. O‘zbekiston terma jamoasi jismoniy jihatdan ancha kuchli ekanligini isbotladi. Qatar terma jamoasining futbolchilarida jismoniy holat a’lo darajada emas, ular 90 daqiqa ichida charchab qolishadi.

Tarkibingizda Masharipov, Turg‘unboyev va Fayzullayev kabi yorqin futbolchilar bor. Himoyada esa Eshmurodov ismli futbolchini o‘zim uchun kashf etdim. O‘zbekiston milliy terma jamoasida ojiz nuqta deyarli yo‘q, biroq jarohat olgan futbolchilarning soni ko‘p. Bu Qatarga qo‘l kelishi mumkin.

Qatar haqida gapiradigan bo‘lsam, biz chempionlikni himoya qilishga harakat qilyapmiz. Lekin bu juda qiyin masala. Afif va Almuaz Ali hali hamon terma jamoa yetakchilari, ya’ni Qatar terma jamoasida so‘nggi yillarda katta o‘zgarish ro‘y bermadi. Ertangi uchrashuvda Qatar g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman, sababi biz ushbu turnirda mezbonmiz va chorak final natijasi biz uchun qoniqarli hisoblanmaydi" - deya fikr bildirdi qatarlik jurnalist Ali Salat.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi[right][/right]

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatarlik jurnalist: "Ertangi uchrashuvda Qatar g‘alaba qozonadi, sababi..."