
Avstraliya terma jamoasi ustozi Grem Arnold Koreya Respublikasidan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
“O‘yining bu tarzda yakunlanishi futbolchilarning ruhiyatiga yomon ta’sir qiladi. Biz gol o‘tkazib yuborgunga qadar 90 daqiqa davomida yaxshi harakat qildik. Koreya Respublikasi futbolchilarining darajasi evaziga g‘alabani ilib ketishdi. Ular hech qachon taslim bo‘lishmaydi va oxirigacha kurashishadi. Jamoada APLning nomdor jamoalaridan kelgan futbolchilar bor.
Penalti. Miller ataylab qilmadi. U bugungi mag‘lubiyat uchun aybdor emas. Men uni bag‘rimga bosdim va bu futbol ekanligini gapirdim. Biz oldinga intilishda davom etishimiz kerak”, — dedi Grem Arnold.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliya — Koreya Respublikasi o‘rtasidagi uchrashuvning 42-daqiqasida “kengurular” hisobni ochdi. Biroq 90-daqiqaga qo‘shib berilgan daqiqalarda raqib penaltidan unumli foydalandi va uchrashuvni qo‘shimcha daqiqalarga olib chiqdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa koreyaliklar g‘alabani ilib ketishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar