Rossiya Premer-ligasi klublari mavsumning ikkinchi yarmiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Aksariyat jamoalar Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilayotgan ko‘p bosqichli o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashyapti.
Qatardagi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirtirilgan Abbosbek Fayzullayev va Rustam Ashurmatov mos ravishda SSKA hamda “Rubin” klublarining yig‘inlarini o‘tkazib yubormoqda.
Srechko Katanes shogirdlari musobaqani tark etganidan keyin legionerlar o‘z jamoalari bilan klubga qachon qaytish masalasini hal qilishi kerak.
SSKA klubining kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Braydo “Sport Ekspress” nashriga Abbosbek Fayzullayev bo‘yicha rejani oshkor qildi.
- Osiyo kubogida Abbosga muxlislik qildik, u bilan doimiy aloqani ushlab turdik. Fayzullayevning o‘zi ham qo‘ng‘iroq qilib, yozib turdi, jamoaning ishlari qanday ketayotgani bilan qiziqdi.
Terma jamoa musobaqadan chiqib ketgani alamli bo‘ldi, lekin turnirning o‘zi ajoyib o‘tdi.
Fayzullayevda hech qanday ta’til bo‘lgani yo‘q, turli uchishlar tufayli Abbos ikkinchi yig‘inning oxirida charchagan holda yetib kelishi mumkin ekan. Shu bois murabbiylar shtabi unga bir necha kun ta’til berishga qaror qildi. Keyin futbolchi bir necha kun yakka tartibda shug‘ullanadi.
Abbos 14 fevral – uchinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inining birinchi kunidan jamoa bilan tez orada boshlanadigan mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘radi, - dedi Kirill Breydo.
SSKA jamoasi qishki tanaffus paytida uchta yig‘in o‘tkazishni mo‘ljallagan. Ulardan birinchisi, 14-26 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda jamoa Turkiyada shug‘ullanmoqda. Ikkinchi bosqich 10 fevralgacha davom etadi.
Yakuniy o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini ham 14-25 fevral kunlari Turkiyada bo‘ladi.
Rustam Ashurmatovning jamoasi – “Rubin” ham mavsumning qolgan qismiga uch bosqichli yig‘inlar orqali puxta tayyorgarlik ko‘ryapti.
Qozonliklar tayyorgarlikning barcha bosqichlarini Turkiyaning issiq hududlarida o‘tkazadi. Hozir davom etayotgan ikkinchi yig‘in 9 fevral kuni yakunlanadi.
Rustam Ashurmatov dastlabki ikki yig‘inda qatnashmaydi. Biroq “Rubin”dagi yana bir legionerimiz Umarali Rahmonaliyev jamoa bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Rubin” oxirgi mashg‘ulotlarni 13-23 fevralga belgilagan. Osiyo kubogida yaxshi qatnashgan Rustam Ashurmatov aynan ana shu yig‘inga borishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, 26 yoshli tajribali himoyachiga Ozarbayjonning “Neftchi” jamoasidan jiddiy qiziqish bo‘lganini ham eslatib o‘tish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi